Biznes boshqaruv asoslari


Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати


Download 0.76 Mb.
bet55/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати 
Асосий адабиётлар: 
1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p.

2.Jeef Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma Publishing


Inc. 2010.694p.
6. Қўшимча адабиётлар 
25.
Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд.,
переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с.
26. Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с.
27. Lawrence Mensah Akwetey.
Business administration for students
and
managers//Sotsis. – 2011
28. Robert C.Appleby. Modern business administration. Manual.– M: Gardarika, 2009

Интернет сайтлари 
www.cbu.uz
www.gov.uz
www.lex.uz
www.mf.uz

8- Mavzu: Boshqaruv va yetakchilik 

1 Menejment funktsiyalari va turlari


2 Yetakchilik
3 Yetuk menejer xususiyatlari
Menejment funktsiyalari va turlari 
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lugʻaviy ma’nosi toʻgʻrisida ikki ogʻiz soʻz.
Funktsiya” - bu lotincha soʻz boʻlib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi
degan maʻnolarni bildiradi.
Vazifa” - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim boʻlgan masala, erishilishi lozim boʻlgan,
koʻzda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal
demakdir.
“Funktsiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan torroq maʻnoga ega. Zero, funktsiya
faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish
korxona muhandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati
doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida ham boʻlishi mumkin.
Boshqarish fynktsiyasi deganda, u yoki bu obʻektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal
etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash,
ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv jarayonini toʻgʻri tashkil qilishning myhim
shartidir.
Boshqaruv fuiktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:
 loyihalash; 
 konstruktorlik; 

 rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.


Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, yaʻni:
 mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 
 mehnat normalari, materiallar sarfini belgilash; 
 asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
 ishlab chiqarish vositalari, texnika; 
 xom ashyo; 

 energiya;


 transport kabi moddiy taʻminot vositalari zarur.
Shundan keyin:
 kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish; 
 mehnatni tashkil qilish; 

 ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi.


Koʻrinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon
boʻlayapti. Zero:
Funktsiyalar faoliyat turlarini, subʻektning boshqarish obʻektiga aniq taʻsir qilish yoʻnalishini
aks ettiradi.
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining oʻzi ham boʻlishi mumkin
emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning koʻlamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar
sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos boʻlib
hisoblanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling