Biznes boshqaruv asoslari


*Boshqarishning iqtisodiy fynktsiyalari


Download 0.76 Mb.
bet58/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

*Boshqarishning iqtisodiy fynktsiyalariyaʻni:
 mablagʻlarning doiraviy aylanishini amalga oshirish
 mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish; 
marketing xizmatini uyushtirish; 
 foyda olishni ta’minlash va h.k.
*boshqarishning sotsial funktsiyalari, yaʻni:
 mehnat sharoitini yaxshilash
 xodimlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini, sotsial madaniy-maʻnaviy ehtiyojlarini qondirish, 
 moddiy ragʻbatlantirishni taʻminlash; 
 ijtimoiy himoyani taʻminlash va h.k.
*boshqarishninr maʻnaviy-maʻrifiy funktsiyalari, yaʻni:
xodimlarni insoniylik, yaxshulik, mehr-shafqatli va oʻzaro munosabatlarda sabr-toqatli 
boʻlish ryhida tarbuyalash; 

 xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbuyalash, adolat tuygʻusini, bulum 


va maʻrifatga intulishni tarbuyalashga xuzmat qulish va h.k.
*boshqarishning tashkiliy funktsiyalari, yaʻni:
 ishlab chiqarishni tashkil qilish; 
 oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va muvofiqlashtirish
 barcha boʻgʻin va boʻlimlar oʻrtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati 
xodimlari oʻrtasida masʻuluyatlarni belgilash; 
 boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qulishda ish tartibi izchilligi, axborotlar 
oqimini tashkil qilish va h.k.
Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bogʻliq va maʻlum darajada tartibga solingan koʻp
unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat boʻlib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham
boshqarish jarayonida ularning birortasi ham eʻtibordan chetda qolmasligi kerak.
Boshqarishninr funktsiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy
boshqarishning mutanosibligini taʻminlash. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektor
tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda, u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab
chiqarish hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funktsiya ham hududiy, ham tarmoq
manfaatini koʻzda tutishi lozim. Tarmoqqa doir boʻlgan boshqaruv funktsiyalari zarur. Buningsiz
tarmoq “yoʻqoladi”, yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa
taalluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin boʻladi.Biroq ayni vaqtda, boshqarishning hududiy
funktsiyaari ham zarur. Bu funktsiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar
(sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni oʻrnatilishini
taʻminlaydi. Hududiy funktsiyalar idorachilik gʻovlarini yoʻqotish, noratsional tashuvlarni
kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.Qayd
qilingan funktsiyalardan tashqari boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari ham bor.
Boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari deganda, muayyan boshqaruv organiga va uning
boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, masʻuliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui
tushuniladi. Tegishli funktsiyalarning toʻla-toʻkis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning
umumiy rahbarlari - direktor (rais), uning oʻrinbosarlari, boʻgʻin va boʻlimlar boshliqlari,
brigadirlar, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻlimlari rahbarlari - kadrlar boʻlimi boshligʻi, reja-
iqtisod boʻlimi boshligʻi va boshqalar masʻuldirlar. Quyida (2-jadval) korxona (firma, jamoa
xoʻjaligi)ni boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz.
2-jadval 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling