Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet61/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Xoleriklar - koʻtarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni yenga oladigan kishilar boʻlib,
ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez oʻzgarishi mumkin. Ular serjahl, oʻzini
yaxshi koʻradigan, tez gapiradigan odamlar boʻlib, boshqalardan gapining ohangi
oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi
sangviniklarnikidek boʻladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan oʻzini toʻgʻri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir
xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga koʻproq moyil boʻladilar, arzir-arzimas narsalardan
qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulugʻ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi
yunonlarda “melanxolik” soʻzi “qora safro” degan maʻnoni bildirgan.Melanxoliklar:
 oʻta taʻsirlanuvchi xususiyatga ega;
 tez toliqadigan va oʻziga ishonmaydigan;
 tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;
 nihoyatda arazchan;
 juda oz kuladigan;
 faolligi sust, tortinchoq, kamgʻayrat;
 arzimagan sabablarga koʻzlaridan yosh oqib ketaveradigan;
 yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qoʻyilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar
ishda sharoit, yaʻni vaziyat oʻzgarsa, qiyinchilik tugʻilsa, ular oʻzlarini panaga olib
turishadi.
Yetuk menejer xususiyatlari 
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan soʻzga izohli
lugʻatlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yoʻnaltirish, koʻrsatma berish degan turli
maʻlumotlar berilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi
zarur boʻlgan talablar juda koʻpdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga boʻlish mumkin (3-
jadval).
3-jadval
Rahbarga qoʻyiladigan talablar 

Talablar
Izoh

1. Maʻnaviy yetuklik


 siyosiy yetuklik
 huquqiy yetuklik
 axlohiy yetuklik
 yuqori saviya va ong
 maʻrifatchilik
 madaniyatlilik
 xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik
 topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik
 boʻysundirishga qodirlik, kishilarga nisbatan mehribon va eʻtiborli boʻlish
 tashabbus va ilgʻorlikni qoʻllab-quvvatlash qobiliyati
 printsipiallik
 tanqidga chidamli boʻlish, oʻz-oʻzini tanqid qila bilish.
2.
Intizom va
mehnatga boʻlgan
munosabat
 mehnatsevarlik
 jamoa oʻrtasida intizomni yoʻlga qoʻya bilish
 atrofdagilarda mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish.
Bir noshud rahbarning begʻamligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl
qirralariga taʻsir etishi mumkin. Boqibegʻam bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan
murosa qilib boʻlmaydi.
3.
Bilim darajasi
 iqtisodiyotni bilish
 texnika va texnologiyani bilish
 boshqarish ilmini, funktsiyalari va strukturasini bilish
 istiqbolni bilishga qodirligi va h.k.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega boʻlishi, uni doimo toʻldirib va yangilab
borishi kerak. Aks holda u obroʻ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga
sazovor boʻla olmaydi
4.
Tashkilotchilik
qobiliyati
 xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni taʻminlay olish
 qoʻl ostidagilarni mehnatga oʻrgatish va tarbiyalashni bilish
 jipslashgan jamoani vujudga keltira olish
 maqsad sari intiluvchanlik
 kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yoʻqotmaslik

“Yomon korxona yoki tashkilot yoʻq, lekin yomon rahbarlar bor”. Bu ibora shuni


bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan,
tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar
qoʻyilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qoʻshadi.
Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past
rahbar kelib qolsa, aksincha, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.

5.
Boshqarish


samaradorligini
taʻminlay olish
 boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati
 ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati
 ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish
 turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati rahbarlarni va
qoʻl ostidagilarni tinglay bilish
 qobiliyati asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish
 qobiliyati rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va maʻnaviy
manfaatdorligini taʻminlash
 qobiliyati boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni taʻminlay
bilish
 boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va h.k.
Rahbarning sifat hislatlarini belgilovchi mezonlar koʻp. Biroq quyidagi ijobiy hislatlar ular
orasida alohida mavqega ega:

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling