Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet64/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, yaʻni nafs balosi, xasad,
xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har koʻyga
solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning
asosi, oʻlmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini
yaxshi tushunishadi.Tamagarlik ham qanoatsizlikdan kelib chiqadi. Tamagir rahbar oʻz orzularini
roʻyobga chiqarish uchun turli qabihliklardan qaytmaydi, hech qanday gunohdan qoʻrqmaydi,
yolgʻon gapirmay yurmaydi, yolgʻon soʻzni isbotlash uchun yolgʻon qasamlar ichadi. Tamasi
koʻpning insofi oz, ochkoʻz boʻlur. Insonlarga xos yuqorida qayd qilingan ijobiy hislatlarning
hammasini bir kishi toʻla-toʻkis egallab olishi juda qiyin, albatta. Lekin shunday fazilatlarga ega
boʻlishga barcha rahbarlar intilishi kerak. Ammo obroʻli boʻlish fazilati har qanday rahbar uchun
shak-shubhasiz zarurdir. Obroʻ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga
orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqon. Ayni paytda har bir rahbar oʻzidan yuqori
turuvchi rahbarlar oldida ham, oʻziga boʻysunuvchi xodimlar oldida ham, oʻzi bilan huquqi
teng boshqa rahbarlar oldida ham obroʻga ega boʻlishi lozim. Obroʻ halol mehnat,
tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masьuliyat bilan munosabatda boʻlish, jamoa aʻzolariga
talabchanlik va gʻamxoʻr boʻlish, oʻz ishini chuqur bilish bilan orttiriladi. Shuni esda tutish
lozimki, xizmat mavqesi oʻz-oʻzidan obroʻ keltiravermayi. Rahbar xizmat mavqesiga faqat
muayyan neʻmatlardan foydalanish usuli deb qaramasligi zarur. U shuni yoddan chiqarmasligi
kerakki, rahbarlik mansabiga saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan ekan, endi faqat bitta
afzallikka ega boʻladi, u ham boʻlsa:Oʻz jamoasi, umuman xalq manfaati uchun bor kuchi
bilan ishlashi, elim deb, yurtim deb yonib yashashi kerak.Rahbar shu talablarga rioya qilmas

ekan, u oʻz rahbarlik usulida quyidagi salbiy xodisalarga yoʻl qoʻyishi, pirovardida esa oʻz


obroʻyini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab boʻlishi mumkin (4-jadval).
4-jadval 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling