Biznes boshqaruv asoslari
Download 0.76 Mb.
|
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahmdillik
- Hushxulqlilik
Samimiy xushmuomalalilik - bunday rahbar sofdil, ochiq koʻngil boʻladi, chin yuraqtsan
gapiradi. Qoʻl ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qoʻyib xizmat qiladi. Ular samimiylikni ogʻir va juda nozik masala, u aql va chuqur maʻnaviy odobni talab etishini, , shuningdek,, kimki oʻzgalar bilan nosamimiy munosabatda boʻlishga odatlangan ekan, u pirovard natijada oʻz- oʻziga ham samimiy boʻlolmay qolishini yaxshi tushunishadi. Donolarning aytishlaricha, hushmuomalalikning oʻnta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, hilm (muloyim), olijanoblik, koʻrkam feʻl, yaxshilik, sabr va muloyimlik. Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli boʻladi. Ular boshqalarni koʻp narsada kechirishadi, ammo oʻzlarini hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qoʻlini choʻzishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. Hushxulqlilik - bunday rahbar inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan hushxulqlik insonni ulugʻlikka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand boʻlishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, oʻzi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa oʻziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Donolarning fikricha, hushxulqlikning oʻnta nishonasi bor: 1. Yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga boʻlish. 2. Nafs koʻyiga kirmaslik. 3. Oʻzgalar aybini qidirmaslik. 4. Birovda biror ayb sodir boʻlsa, uni yaxshilikka yoʻyish. 5. Aybdor uzr soʻrasa, aybni kechirish. “Kechira olishlik - mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi” (Amir Temur oʻgitlaridan). 6. Muhtojlar hojatini chiqarish. 7. Oʻzi haqida oʻylayvermay, boshqalar haqida ham qaygʻurish. 8. Oʻz aybiga iqror boʻlish. 9. Ochiq yuzli boʻlish. 10. Hushmuomala boʻlish. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling