Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet65/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Rahbar obroʻsiga putur yetkazuvchn unsurlar
T/r
Salbiy unsurlar
Izoh
1.
Byurokratizm
Byurokrat:
- ishlab chiqilgan qoida, qoʻllanmalar doirasidan chiqmaydi, uni oʻzining
birdan-bir maqsadi deb biladi;
- odamlarga toʻralarcha munosabatda boʻladi;
- qogʻozbozlikni avj oldiradi;
- boshqarishga qotib qolgan, eski usullar bilan yondoshadi;
- ish mohiyatini rasmiyatchilik bilan koʻmib tashlaydi;
- masalani hal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan oʻzini chetga oladi.


Byurokratizm: 
- jamoaning va shaxsning tashabbuskorligini, dadil fikrlarini boʻgʻadi;
- oʻz mezoniga mos kadrlarni atrofiga toʻplaydi, aqlli, qobiliyatli
kadrlardan qutulishga harakat qiladi.
2.
Mahalliychilik
Bunday “dardga” mubtalo boʻlgan rahbarlar:
- ishga tor tarmoq, tor funktsional nuqtai nazardan yondoshadilar;
- ularda siyosiy, maʻnaviy yetuklik yetishmaydi;
- uzoqni koʻra olmaydilar;
- boshqalar hisobidan foydalanib qolishga intiladilar;
- urugʻchilik, tanish-bilishlik, oshna-ogʻaynigarchilikka yoʻl qoʻyadilar.
3.
Hadiksirashlik
Bunday rahbar:
• uncha murakkab boʻlmagan masalalarni ham mustaqil hal eta olmaydi,
yuqori turuvchi rahbarlik bilan kelishib olishga intiladi;
• har ishda sustkashlik qiladi;
• kabinetda oʻralashib, qogʻozbozlik bilan band boʻladi.
4.
Balandparvozlik
Bunday rahbar:
• oʻzining kichkina, koʻzga ilgʻamas muvaffaqiyatini boʻrttirib
koʻrsatadi, shov-shuv koʻtarib nogʻora qiladi;
• yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi;
• tilga tushishni, matbuotda yozishlarini, televizordan koʻrinishni
istaydi;
• soxta tashabbuslar atrofida shov-shuv koʻtarishga, ijodiy izlanish
oʻrniga ishni xoʻjakoʻrsinga tashkil etishga intiladi;
• ishchanlik oʻrniga koʻzboʻyamachilik va qoʻshib yozish bilan
shugʻullanadi.
Bunday toifadagi rahbarlar uchun kamchilik va muammolarni
xaspoʻshlash, oʻz xizmatlarini boʻrttirib koʻrsatish va oʻz-oʻzini maqtash
xarakterlidir.

5.
Boshqa salbiy


qusurlar
Rahbarlik uslubidagi garchi kam boʻlsa-da, har holda uchrab turadigan
va umumiy ishga zarar keltiradigan boshqa salbiy tomonlar ham borki,
bular:
• xudbinlik;
takabburlik;
• maqtanchoqlik;
• tamagirlik;
• yovuzlik, zolimlik;
• hushomadgoʻylik;
• dimogʻdorlik;
• xasislik, gʻarazguylik;
ayyorlik;
• jizzakilik;
• boqibegʻamlik;
• badnafslik;
• subutsizlik;
• baxillik;
• mansabparastlik va h.k.
Bunday salbiy qusurlar mavjudligini anglasak, koʻrsak ham lekin
koʻpincha ularni yoʻqotish qiyin kechadi.

Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki


uning ish uslubidagi notoʻgʻrilik aytilsa, tabiiy u norozi boʻladi.
Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham
oson va silliq oʻtmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va sabot-
matonat talab qilinadi.

Ha, rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish lozim. Buning uchun boshqarishning


barcha unsurlariga eʻtiborni kuchaytirish kerak boʻladi. Eng avvalo, rahbar yuqoridagi
nuqsonlardan holi boʻlishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:
• Rahbar oʻz huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy
manfaatlari bilan uygʻun olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga
putur yetkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlariga boʻysunishi lozim.
• Ishlab chiqarishni faqat jamoada obroʻ-eʻtiborga ega boʻlgan rahbargina yaxshi boshqara
oladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obroʻ faqat xizmat mavqesi bilan emas, balki avvalo,
bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
• Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta biladigan, odobli va hushmuomala
boʻlishi zurur. Oʻz xatti-harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgalarini tiya biladigan,
yurish-turishida boʻysunuvchilarga oʻrnak koʻrsatadigan boʻlishga majburdir.
• Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli boʻysunuvchi xodimlarga beriladigan
farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida boʻlmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida
ham boʻlishi kerak. Bu oʻrinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan holi emas.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling