Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet62/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud boʻladi. Ular
omadsizlikdan qoʻrqmaydi. Qurquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir
yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
Sabrlilik - bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi
tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli boʻlib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni
yengish orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr toʻgʻrisida Abdullo Avloniy
shunday degan edi:
Sabr shunday bir kuchli narsadirki, 
 gʻazabni shijoatga, 
 kattalikni tavozega (kamgaplikka) 
 yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati yetar. 
Bir hakimdan soʻradilar: “Odamlarni oʻzingdan uzoqlashtirmaslikning chorasi nima?” U
dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: “Mushkul narsalarni qanday hal qilsa boʻladi?”, -
deb soʻradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan!”, - deb javob berdi.
Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli boʻladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi
niyatda boʻladi. Oʻzidagi qanoatsizlikni gʻirrom raqobatchilik yoʻli bilan emas, balki xayrixohlik
yoʻli bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki:
Birni koʻrib shukur qil, birni koʻrib fikr qil” — degan shior. 
Shu oʻrinda quyidagi hikmatli soʻzlarni taʻkidlash oʻrinlidir. Uch dardga davo yoʻqdir:
* dangasalikdan kelgan kambagʻallikka;
* hasaddan tugʻilgan dushmanlikka;
* xoʻjayinliqdan kelib chiqqan kasallikka.
Sogʻlom shubhalilik - bunday rahbar koʻpincha “har narsada shubhada boʻl” degan shiorga
amal qilsa-da, biroq nosogʻlom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib koʻrishdan qoʻrqitib,
erishishlari mumkin boʻlgan yaxshi narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shu bilan bir
qatorda, ular oʻz kuchiga ishonish, unga sogʻlom shubha bilan qarash ishchan masʻuliyatli
qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yoʻlida kishi kuchiga kuch qoʻshishni
yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlilik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim isteʻdodga toʻgʻri mutanosib
ekanligini, kamtarlikni yetishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi.
Ular:
Kamtarlik — jasorat toji”. 
Kamtarga kamol, manmanga — zavol”. 
Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”. 
Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi”. 
Kamtarlik aʻlodir, magʻrurlik balodir”. 
kabi xalq maqollariga rioya qilishadi. Ular kamtarin rahbarning:
• oʻzini boshqalardan ustun qoʻymasligini;
• ilmu fan yoki mehnat sohasidagi yutugʻi bilan magʻrurlanmasligini;
• katta-kichikni birdek hurmat qilishini;

• odamlar ogʻirini yengil qilishini;


• xushmuomala boʻlishini;
• qanday davrada boʻlmasin doimo oʻzini oddiy tutishini;
• shonu shuhratga uchmasligini yaxshi anglashadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling