O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT SHAHAR ABDULLO AVLONIY NOMIDAGI
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. AMIR TEMUR HAYOTI VA FAOLIYATINING TASHKIL TOPISHI VA AMIR TEMUR SALTANATINING ME’MORCHILIGI
1.1-§ XIVning ikkinchi tarmida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat. Amir Temurning saltanatining tashkil etishi
-§ Me’morchilik va san’at taraqqiyotiga oid tadqiqotlar tahlili
II BOB. AMIR TEMURNING SIYOSIY FAOLIYATI.
2.1-§ Amir Temur harbiy yurishlari va qo‘shin tuzilishi 2.2- § Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni
III BOB. AMIR TEMUR SALTANATIDA MADANIY HAYOT TARIXSHUNOSLIGI
3.1-§ Temuriylar davrida ilm-fan va adabiyot
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo mintaqasining o’ziga xos o’tmishi, uning hududida ko’plab davlat birlashmalarining, xususan, buyuk Amir Temur saltanatining tashkil topishi va taraqqiy etganligi, bu yerda sodir bo’lgan jarayonlarning jahon tarixidagi ahamiyati turli mamlakat tarixchilarining katta qiziqishiga sabab bo’lmoqda. Bugungi kunda tarixiy meros, tarixiy xotiraning qayta tiklanishi nafaqat O’zbekiston Respublikasi rahbariyati va tarixchilarining, shu bilan birga keng jamoatchilikning diqqat e’tiborida bo’lib kelmoqda. Bu esa, O’zbekiston Prezidenti tomonidan bir necha marta ta’kidlangan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari bilan belgilanishi tarix fani oldiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston olimlarining samarali tadqiqotlari natijasida milliy tariximizning ilgari noma’lum bo’lgan sahifalari ochildi, tarixiy o’tmishimizning ko’p jihatlari kashf etildi. Tarixiy haqiqatni tiklash jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan dolzarb muammolar mavjud bo’lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Shunday shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur bo’lib, tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo’l ochdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov Amir Temur nomini tiklash va abadiylashtirish masalalariga katta e’tibor qaratdi. Bu yillar uning shaxsi va tarixini qayta tiklash yillari bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |