O’zbekiston respublikasi toshkent shahar abdullo avloniy nomidagi


-Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni


Download 283.72 Kb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi283.72 Kb.
#1003800
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
A. TEMUR JAXON TARIXIDA TUTGAN O\'RNI

2.2-Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni

Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi.


Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini mo‘g‘ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo‘jalikning asosi bo‘lgan sug‘orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro‘y berdi. Yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.
1402-yilda jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarga tahdid solgan Turkiya sulton Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng, fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib, ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan. Bugun bu ulug‘ zotni buyuk bunyodkor, ulug‘ davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida butun dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar hazrat sohibqiron haqida iliq fikrlarni aytmoqdalar, uning hayoti va faoliyatiga yuksak baho bermoqdalar.Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho berib kelindi. Shunga qaramasdan, 1968-yilda faylasuf olim Ibrohim Mo‘minovning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” risolasini nashr etilishi jamoatchilikning bu mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordi. Asar keskin tanqidga uchradi. Ammo I.M.Mo‘minovning Amir Temur shaxsini o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi bu uning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda “Sohibi jahon” hamda “Sohibi adl” – “Adolat sohibi” nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi va shu yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. 2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqi davomida yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi’ deb nom berish taklifini ilgari surdi.

Download 283.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling