O’zbekiston respublikasi toshkent shahar abdullo avloniy nomidagi
III BOB. AMIR TEMUR SALTANATIDA MADANIY HAYOT TARIXSHUNOSLIGI
Download 283.72 Kb.
|
A. TEMUR JAXON TARIXIDA TUTGAN O\'RNI
III BOB. AMIR TEMUR SALTANATIDA MADANIY HAYOT TARIXSHUNOSLIGI
3.1-Temuriylar davrida ilm-fan va adabiyot XV asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi toʻplangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulugʻbekning hissasi nihoyatda buyukdir. Ulugʻbek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shugʻullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Ulugʻbek oʻtmishdoshlari Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil oʻrganadi. Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi. Astronomiya va matematika sohasida erishilgan buyuk muvaffaqiyatlar Temuriylar davlatiga katta shuhrat keltirdi. Bu shuhrat birinchi navbatda Ulugʻbek nomi bilan bogʻliqdir. Samarqandda oʻz atrofida toʻplangan taniqli olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Mirzo Ulugʻbek 1424-1429- yillarda shahar yaqinidagi Obirahmat anhori boʻyida rasadxona qurdirdi. Hanuzgacha olimlarning qiziqishini uygʻotib kelayotgan bu ulkan imoratning balandligi 31 metr edi. Gʻiyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy oʻlchov asbobuskunasi – ulkan sekstant oʻrnatilgan. Samarqand sekstanti oʻsha davrda Sharqda ma’lum boʻlgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ulugʻbekning faol ishtiroki bilan Ulugʻbek rasadxonasi oʻsha zamon sharoitiga mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Rasadxonada Ulugʻbek bilan birga mashhur matematik va astronomlardan “Aflotuni zamon” deb nom olgan Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshoniy, “oʻz davrining Ptolomeyi” nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va koʻpgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulugʻbek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi. Ulugʻbekning shoh asari “Ziji jadidi Koʻragoniy” (Koʻragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir. “Ziji jadidi Koʻragoniy” asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 ta qoʻzgʻalmas yulduzlarning oʻrni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Ulugʻbekning astronomik jadvali oʻsha zamondagi shunga oʻxshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Ulugʻbekning- yil hisobini hozirgi hisob-kitoblarga solishtirgudek boʻlsak, u bor-yoʻgʻi bir minut-u ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr uchun gʻoyat yuksak aniqlik boʻlib, hozirgi zamon oʻlchovlariga juda yaqindir. Ulugʻbek “Tarixi arba’ ulus” (“Toʻrt ulus tarixi”) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bagʻishlangan beshta risola ham yozgan. Ulugʻbekning astronomiya maktabi oʻz davrining oʻziga xos akademiyasi edi. Ulugʻbek tevaragida uyushgan 100 dan ortiq olimlarning oʻz bagʻrida yetishtirgan nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani oʻtagan. Ulugʻbekning astronomiya maktabi oʻrta asrlar musulmon Sharqi astronomiyasining rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatdi. Durbek tomonidan qayta ishlangan “Yusuf va Zulayho” dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy (1366–1465) alohida oʻrin tutadi. Navoiyga qadar oʻzbek she’riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir boʻlmagan. U birgina turkiy tilida asarlar yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi. Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli boʻlishni targʻib qilish, ilm va san’atni sevish kabi fikrlar katta oʻrin olgan. XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulugʻ shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) va buyuk fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) ning hissalari gʻoyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, oʻzaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bagʻishladi. U oʻzbek adabiy tili, oʻzbek mumtoz adabiyotini yangi pogʻonaga koʻtardi. Navoiy oʻttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” shular jumlasidandir. XULOSA Mazkur bitiruv malakaviy ishda Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, yozma manbalar nashrlari, tarjimalari tarixshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq va tahlil etildi. Ta’kidlash joizki, mazkur yillarda O’zbekistonda, qisqa muddat ichida, Amir Temur saltanati tarixiga oid yozma manbalarning bir qismi ilmiy muomalaga kiritilgan va salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Sovet tarixshunosligida esa o’z davrining xos mafkuraviy yondashuviga qaramay, ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Xususan, B.V. Lunin, I.M. Mo„minov, A.O’rinboyev, R. Mukminova, D. Yusupova, P. Zohidov, N. Norqulov, O’. Alimov kabi olimlarning mustaqillikkacha bo’lgan davrda ham temurshunoslikning rivojiga tamal toshini qo„yganliklarini ta’kidlash zarur va ularning ilmiy tadqiqotlarini tom ma’noda mustaqillik davrida Amir Temur saltanati tarixini yoritishda, temurshunoslik sohasida amalga oshirilgan ishlarni rivojlanishida manbaviy asos bo’lib xizmat qildi, deb aytish mumkin. Zero, aynan ular mustaqillik yillarida chop etilgan yirik fundamental nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e’tirof etish zarur. Mustaqillik yillari tarixshunosligida Amir Temurning davlatchilik faoliyatini dolzarb mavzu darajasiga olib chiqishda, birinchi navbatda O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning asarlari, nutq va ma’ruzalari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Zero, ular Amir Temur hayoti va faoliyatini yoritishda uslubiy asos bo’lib xizmat qildi va mavzuni yangi mazmunda o’rganishga imkon yaratdi. 1996 yili Sohibqiron tavalludining 660 yilligining xalqaro miqyosda nishonlanishi esa yangi tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlarni yaratdi. Izchil munosabatning shakllangani tufayli, fanda sovet davrida Amir Temur shaxsiga nisbatan hukm surgan salbiy xulosa barham topib, mavzu yangi chizgilar bilan yoritildi. Hozirda Amir Temur tarixini har tomonlama o’rganish va tadqiq qilish borasidagi tarixchilar oldiga qo’yilgan vazifalarning hal etilib borayotganini ko’rsatishimiz mumkin. Download 283.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling