Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet56/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Boshqarish funktsiyalari - koʻp qirrali tushuncha. Shu sababli ularni muhim belgilar boʻyicha
turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi (6-chizma).

1-chizma. Boshqaruv fynktsiyalarining tasnifi. 

Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun


jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida taʻkidlaganimizdek, boshqaruv
mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻladi. G’arb menejmentining bugungi
zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy
(umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi:
 rejalashtirish; 

 tashkil qilish;


 tartibga solish va muvofiqlashtirish; 
 nazorat; 
 ragʻbatlantirish (motivlashtirish). 
Bu funktsiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va hamma bosqichlarida quyidagi
izchillikda amalga oshiriladi (2-chizma).


hizma. Boshqarish fynktsiyalarini amalga oshipishdagi ketma-ketlik. 
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni ragʻbatlantirish
bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar
jarayonida oʻz aksini topadi. Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos boʻlgan
umumiy xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari
faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan
funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham boʻyiga (vertikal), ham
eniga (gorizontal) qamrab oladi.Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida
boshqarish ishini aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq
funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy G’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25
tadan kam boʻlmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:
 asosiy ishlab chiqarishni boshqarish
 qoʻshimcha ishlab chiqarishni boshqarish
 ishlab chiqarishga xizmat qiluvchu ishlab chiqarishni boshqarish;
 marketingni boshqarish; 
 moliyaviy boshqarish; 
 sifatni boshqarish; 
 mehnatni boshqarish; 
 xodimlarni boshqarish; 
 innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida
ajralib turadi. Boshqarishning yuqorida sanab oʻtilgan asosiy funktsiyalari ishlab chiqarishni
boshqarish jarayonida muhim oʻrin tutishi zarur boʻlganligi tufayli ularni mufassal koʻpib
chiqamiz (1-jadval).
1-jadval 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling