Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


SHartnoma, kontrakt va uning turlari


Download 321.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana24.12.2022
Hajmi321.61 Kb.
#1058562
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2) (1)

2. SHartnoma, kontrakt va uning turlari 
SHartnoma va kontraktlar o’z shakli va mazmuniga ko’ra nixoyatda xilma-xil 
bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 
1. Yetkazib berish shartnomasi. Rejatopshiriqlariga muvofiq moddiy boyliklar va 
imkoniyatlarga ega bo’lishi uchun yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga 
maxsulot yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar urnatadilar. Vu munosabatlar 


mamlaqat xo’jalik xayotida ulqan axamiyatga ega bo’lgan yetkazib berish shartnomasi 
orqali rasmiylashtiriladi. 
Maxsulot yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bo’lib, o’nga 
ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan maxsulotni belgilangan muddatlarda 
iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish 
majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa maxsulotni qabul qilyb olish va uning 
qiymatini belgilangan narxlar bo’yichato’lash majburiyatini oladi. 
Etkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’jalik shartnomalarini tuzishda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish - 
texnika maxsulotlarini yetkazib berish haqidagi Nizomga va xalq iste’moli tovarlarini 
yetkazib berish haqidagi nizomga amal qilishlari kerak. 
Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi 
korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy texnika ta’minoti va sotish bo’limlarining 
xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslaxatchilari) oldindan ruxsat belgilarini 
quyishi kerak. SHartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda 
ro’yxatga olinadi. Bu shartnoma loyihasi yetkazib beruvchi korxona tomonidan ikki 
nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishishi xamda imzolash uchun iste’molchi korxonaga 
yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, bir kun ichida imzolash va 
uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga qaytarishi kerak. 
Bu shartnoma tomonlarning undagi har bir bob, har bir bandi bo’yicha to’la 
kelishilganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi. 

Download 321.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling