Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


Download 321.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana24.12.2022
Hajmi321.61 Kb.
#1058562
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2) (1)

Savollar 
1. Hujjatlarni tayyorlashda qanday axborot vositalaridan foydalaniladi? 
2. Hujjatni tayyorlash necha bosqichdan iborat? 
3. Hujjat tayyorlashning 2-chi bosqichi nimani o’rganadi? 
4. Hujjatning qanday turlari mavjud? 
5. Namunali hujjatlar o’z ichiga nimalarni oladi?
6. Tashkiliy hujjatlar qanday masalalarni o’zida aks ettiradi? 
7. Hujjat formulyari nima? 
8. Hujjatlarni tayyorlashda ularga qanday talablar qo’yiladi? 
 
3-mavzu. Shartnoma va kontraktlarning tuzilish asoslari. Ularga oid hujjatlar 
Reja 
1. Shartnoma haqida tushuncha va shartnoma tuzishning yo’l-yo’riqlari. 
2. Shartnoma, kontrakt va uning turlari. 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomaning axamiyati. 


 
Tayanch iboralar: Shartnoma, fuqarolik xuquqlari, muntazam tartibga solish, 
mexnat bitimi, notarial idora, ijtimoiy adolat, mexnat samaradorligi, 
zamonaviy mutaxassis, noilmiy yondashish, bozor mexanizmi. 
 
1Shartnoma haqida tushuncha va shartnoma tuzishning yo’l-yuriqlari 
Ikki yoqi undan ortiq tomonning fuqarolik xuquqlari va majburiyatlarini belgilash, 
o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuv shartnoma hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, shartnoma tomonlarning biron bir munosabatlar o’rnatish haqidagi kelishuvini 
qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. SHartnoma fuqarolik 
xuquqiy bitimlarning turlaridan biri hisoblanadi. Uni farq qiluvchi xususiyati shundaki, u 
ikki yoki ko’p tomonlama bitimdan iborat bo’ladi. 
SHartnoma davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar
shuningdek fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. SHartnoma munosabatlari muassasa 
bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o’rtasida urnatilayotgan bo’lsa, bunda tuzilajaq hujjat 
mexnat bitimi deb ataladi. SHartnomalar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma - xil 
ko’rinishga ega: SHartnomalar yozma, og’zaki, notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi 
lozim. 
SHartnomalar korxonalarga tegishli bo’lganida tomonlar imzolagunga qadar 
korxona hisobchisi yoki adliya maslahatchilarining rozilik belgisi bo’lishi lozim. 
SHundan so’ng tomonlar shartnomaga imzo quyadi. SHartnomalar 2 nusxadan kam 
tuzilmasligi lozim. 
To’liq moddiy javobgarlik haqidagi shartnomada pul mablag’lari va moddiy tovar 
boyliklarini saqlash uchun mas’ul bo’lgan shaxslar bilan to’liq shaxsiy moddiy 
javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi. Oddiy xo’jalik shartnomalarining zaruriy 
qismlari quyidagilar: 
1. SHartnoma nomi. 
2.SHartnoma tuzilgan sana. 
3.SHartnomaning tuzilgan joyi. 
4.SHartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq va to’liq nomi. 
5. SHartnomaning matni. 
6.Tomonlarning xuquqiy adreslari. 
7.Tomonlarning imzo va muxrlari. 
SHartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi: bunda 
"imzo" degan zaruriy qismda imzo qo’yuvchilarning lavozimlari emas, balki 
shartnomaviy munosabatlar o’rnatayotgan xuquqiy shaxslarning nomi ko’rsatiladi. 
SHartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi lozim, chunki har bir xuquqiy shaxs 
hujjatlar yig’ma jildida kamida bir nusxasi bo’lishi lozim. SHartnomaning barcha turlari 
bir xil xuquqiy kuchga ega bo’ladi. 
SHartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga kompьyuterda bir oraliq bilan 
yoziladi, boblarning bandlari esa o’zaro bir yarim oraliq bilan yoziladi. "SHartnoma" 
so’zini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi. 

Download 321.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling