Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


Download 321.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana24.12.2022
Hajmi321.61 Kb.
#1058562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2) (1)

Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xuquqiy 
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa 
ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari 
kabi masalalarini aks ettiradi. Nizomlar, yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar 
ana shunday tashkiliy hujjatlar jumlasiga kiradi. 
Ma’lumotsimon axborot hujjatlari ancha katta guruxni tashkil qiladi, bunday 
hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki xam juda faol. Bu gurux dalolatnoma, 
ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot. ishonchnoma, tavsifnoma kabi 
hujjatlarni o’z ichiga oladi. 
A R I Z A 
Ariza ijtimoiy xayotimizda eng ko’p qo’llanadigan rasmiy hujjatlardan biridir. 
Odatda ariza bir nusxada tuziladi va qulda yoziladi. SHuning uchun arizaning shakli va 
yozilish tartibiga rioya qilinishi kerak. 
Arizada quyidagilar qayd etiladi: 
Ariza taqdim etiladigan tashkilotning nomi va raxbarning ismi, familiyasi. 
Ariza beruvchining ismi, familiyasi, lavozimi va to’liq adresi. 
Hujjatning nomi. 
Asosiy maksadi: iltimos, taklif yoki shikoyat. 
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi. 
Ariza yozilgan vaqt (sana, kun, oy, yil) qorozning chap tomonida yoziladi. 
Imzo esa o’ng tomonda - ismi, familiyasi oldidan quyiladi. 
Ariza yozish qogozning yuqori qismidan, chap tomondan bir oz joy qoldirib 
boshlanadi. Keyin bir-ikki satr tashlanib, ariza yozuvchining ismi, familiyasi ko’rsatiladi. 
SHundan keyin pastroqdan bir yo’l qoldirilib, o’rta joydan katta harf bilan ARIZA deb 
yoziladi va nuqta qo’yilmaydi. 


Farg’ona shahar Kirguli tumanidagi
67-bolalar bog’chasi mudirasi 
m-ma A. B. Qodirovaga 
Guli Ra’no quchasi, 17-uyda yashovchi 
B.Yusupov nomidan 
A R I Z A 
O’g’lim Yusupov Maxmudni shu bog’chaga qabul qilishingizni iltimos 
qilaman. 
Ilova:
1. Tuman xalq maorifi bo’limining 2009 yil 7-yo’llanmasi. 
2.Maoshi haqidagi ma’lumotnoma. 
3. Turar joyidan ma’lumotnoma. 
4. Tug’ilganlik guvoxnomasidan ko’chirma. 
5. Tibbiyot ma’lumotnomasi. 
1.01. 2009 y. 
imzo 
(BYusupov) 

Download 321.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling