Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


Download 321.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana24.12.2022
Hajmi321.61 Kb.
#1058562
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2) (1)

Ko’rsatma korxonalarda xabar, sifat metodik tusdagi masalalar shuningdek 
buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa xujjatlarning ijrosi bilan bog’lik bo’lgan tashkiliy 
masalalar yuzasidan chiqariladigan xuquqiy hujjatdir. Ko’rsatmaga birinchi bo’lib raxbar 
bosh muxandis ularning o’rinbosarlari imzo chekish xuquqiga ega. Ko’rsatma 


korxonaning xos ish qog’oziga bosiladi. U xam buyruq kabi, odatda, sarlavxa bilan 
yoziladi, asos va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos qismida, falon "maksadda", 
falon "buyruqdan bajarish uchun" kabi taomilga kirgan iboralar qo’llaniladi va 
"YUKLAYMAN", "TAVSIYA ETAMAN" so’zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. 
Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa 
"TAVSIYA ETAMAN" so’zi qo’llanadi. Ko’rsatmaning farmoyish qismi buyruqning 
farmoyish qismiga o’xshash bo’ladi. 
Xulosa 
Farmoyish hujjatlar raxbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir, farmoyish 
hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko’rsatma kiradi. Buyruq doimiy ravishda shaxsan raxbar 
tomonidan tayyorlanadi, ko’rsatma va farmoyishlar raxbar muovinlari tomonidan 
bosiladi. 
Farmoyish hujjatlarining tuzish va rasmiylashtirish jarayoni ma’lum korxona yoki 
uning ish yuritish bo’yicha qoidasi va hujjatlar shaklining tabelida tariflanishi lozim. U 
yerda hujjat loyihasi ustidagi ishlar ketma-ketligi va hujjatning xuquqiy qimmatini 
ta’minlovchi talablar berilgan. Hujjatning loyihasini tayyorlash ishlari bir yoki bir necha 
tizimlarga yoki aloxida shaxslarga yuklanadi. Murakkab va katta hujjatlarning loyihasini 
ishlab chiqarish jarayonlarida ish guruxlari tuziladi, va mutaxasislar jalb etiladi. 
Tuzilayotgan hujjat darajasi qancha katta bo’lsa, uning tayyorlovchilarga 
shunchalik katta shartlar quyiladi. 
Hujjatlarni ishlab chiqishda xuquqiy asos bo’lib, hujjatni raxbarlik va boshqaruv 
organlari tomonidan chop etilishi, Yuqori organlarning quygan talablari, muassasalarga 
quyilgan masalarni amalga oshirishda bajaruvchi va tartibga soluvchi faoliyatning 
kerakligidir. Muassasalar va tuzilmaviy tashkilotlar ma’lum bir masala bo’yicha 
hujjatlarni ishlab chiqarishdagi initsiativalar bilan chiqishi mumkin. 
Savollar 
1.Tashkiliy-farmoyish hujjatlar qanday axamiyatga ega? 
2. Tashkiliy hujjatlar tarkibiga qanday hujjatlar kiradi? 
3.Yo’riqnoma kim tomonidan tasdiqlanadi? 
4.Farmoyish hujjatlar kim tomonidan chiqariladi? 
5.Buyruqning qanday turlari mavjud? 
6.Buyruq qanday asosiy qismlardan iborat? 
7.Adliya maslaxatchisining vazifasi nimadan iborat? 
8. Ko’rsatma qanday hujjat? 

Download 321.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling