3. Farmoyish va ko’rsatma haqida tushuncha
Farmoyish hujjatlarni asosiy turlarini tayyorlash bir xil kechadi. U murakkab
jarayonni hujjatlarni rasmiylashtirishning so’ngi bosqichida farq qilinib, jamoa faoliyati
va yaqqa (buyruq farmoishi)
Farmoyish hujjatlarning quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
-masalaning moxiyatini urganish
-hujjatning loyihasini tayyorlash
-hujjatni kelishuvi
-imzolashish
Farmoyish hujjatlarining tuzish va rasmiylashtirish jarayoni ma’lum
korxona yoki uning ish yuritish bo’yicha qoidasi va hujjatlar shaklining tabelida
ta’riflanishi lozim. U yerda hujjat loyihasi ustidagi ishlar ketma-ketligi va hujjatning
xuquqiy qimmatini ta’minlovchi talablar berilgan. Hujjatning loyihasini tayyorlash
ishlari bir yoki bir necha tizimlarga yoki aloxida shaxslarga YuKlanadi. Murakkab
va katta hujjatlarning loyihasini ishlab chiqarish jarayonlarida ish guruhlari tuziladi,
va mutaxassislar jalb etiladi.
Tuzilayotgan hujjat darajasi qancha katta bo’lsa, uning tayyorlovchilarga shunchalik
katta shartlar qo’yiladi.
Hujjatlarni ishlab chiqishda xuquqiy asos bo’lib, hujjatni raxbarlik va boshqaruv
organlari tomonidan chop etilishi, Yuqori organlarning quygan talablari, muassasalarga
quyilgan masalarni amalga oshirishda bajaruvchi va tartibga soluvchi faoliyatning
kerakligidir. Muassasalar va tuzilmaviy tashkilotlar ma’lum bir masala bo’yicha
hujjatlarni ishlab chiqarishdagi initsiativalar bilan chikishi mumkin.
Farmoyish korxona ma’muriyati xamda bo’limlar raxbarlari tomonidan amaliy
masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda farmoyishlarda harakat muddati
chegaralangan bo’lib uning quyi bo’limlarning tor doirasiga ayrim mansabdor shaxslar va
fuqarolarga taaluqli bo’ladi. Farmoyishning matni xuddi buyruqi singari zaruriy
qismlardan tashkil topadi. Faqat uming kirish qismida "BUYURAMAN" so’zi o’rniga
"TAVSIYA QILAMAN",
” RUXSAT BERAMAN" kabi so’zlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |