mamlaqat xo’jalik xayotida ulqan axamiyatga ega bo’lgan yetkazib berish shartnomasi
orqali rasmiylashtiriladi.
Maxsulot yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bo’lib, o’nga
ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan maxsulotni belgilangan muddatlarda
iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish
majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa maxsulotni
qabul qilyb olish va uning
qiymatini belgilangan narxlar bo’yichato’lash majburiyatini oladi.
Etkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’jalik shartnomalarini tuzishda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish -
texnika maxsulotlarini yetkazib berish haqidagi Nizomga va xalq iste’moli tovarlarini
yetkazib berish haqidagi nizomga amal qilishlari kerak.
Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi
korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy texnika ta’minoti va sotish bo’limlarining
xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslaxatchilari) oldindan ruxsat belgilarini
quyishi kerak. SHartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda
ro’yxatga olinadi. Bu shartnoma loyihasi yetkazib beruvchi
korxona tomonidan ikki
nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishishi xamda imzolash uchun iste’molchi korxonaga
yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, bir kun ichida imzolash va
uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga qaytarishi kerak.
Bu shartnoma tomonlarning undagi har bir bob, har bir bandi bo’yicha to’la
kelishilganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: