Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


Buyruqlarning tayyorlanishi va ularning turlari


Download 321.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana24.12.2022
Hajmi321.61 Kb.
#1058562
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2) (1)

2. Buyruqlarning tayyorlanishi va ularning turlari 
Farmoyish hujjatlar raxbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir,
farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko’rsatma kiradi. Buyruq doimiy 
ravishda shaxsan raxbar tomonidan tayerlanadi, ko’rsatma va farmoyishlar raxbar 
muovinlari tomonidan beriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo’lib ularga: 
1. Umumiy masalalar bo’yicha 
2.SHaxsiy tarkib bo’yicha 
3.Asosiy faoliyat bo’yicha buyruqlar kiradi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning 
bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ularda, odatda, Yuqori tashkilotlardan 
kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq 
chora-tadbirlar belgilanadi. mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. 
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki 
muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chiqqan joyning nomi, 
sarlavxasi, buyruq matni, raxbar yoki o’rinbosar imzosi va xokazo. Buyruqning 
farmoyish qismi yangi satrdai, bosh harflar bilan yoziladigan "BUYURAMAN" so’zi 
bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy 
tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatish mumkin. 
Buyruqda adliya maslaxatchisi imzosi xam bo’lishi kerak. Adliya maslaxatchisi 
buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalan, buyruq bilan rasmiylashtirish 
maksadi qanchalik to’g’ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat 
qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan 
ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrorlanishi va boshqalar. 


Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavxa 
quyiladi. 
Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. 
Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar sabablar ko’rsatiladi, asos qilib 
olinayotgan buyruqqa xavola qilinadi. Ayrim xollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning 
farmoyish qismi tegishli bandida xam ko’rsatiladi. 
Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin, bunday xollarda ular 
to’g’ridan-to’g’ri farmoyish qismi bilan xam berilaveradi. 
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xuquqiy 
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa 
ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari 
kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana 
shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga 
kiradi. 

Download 321.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling