Biznes huquqi. Mustaqil ish
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari
Download 116.5 Kb.
|
Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari.
Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Tashqi iqgisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish; valyuta bilan tartibga solish: soliq bilan tartibga solish; tarif va notarif bilan tartibga solish; Oʻzbekiston Respublika- sining iqgisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompen- satsiya va dempingga qarshi choralarni qoʻllash; tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash; miqdoriy cheklovlar oʻrnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini oʻrnatish; qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin boʻlgan tovarlar va texnologiyaga nisbatan eksport nazoratini oʻrnatish; olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash; texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va gapablarini belgilash; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish kabilar bilan amalga oshiriladi. Tashqi iqgisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Davlat tomonidan tashqi iqgisodiy faoliyatning tartibga solinishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqgisodiy aloqalar vazirligi ham oʻz vakolatlari doirasida ish olib boradilar. Shu bilan birgaliqsa tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanadi. Avvalo tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonun hujjat- lariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatlariga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarning aralashishiga haqli emasligidir. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilishi mumkin emas. Agar ana shunday hujjatlar qabul qilinib tashqi iqtisodiy faoliyat subyektiga zarar yetgan boʻlsa, ushbu zarar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi. Tadbirkorlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri chet el investitsiyasini jalb etishdir. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyasi deb chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati obyektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy neʼmatlarning barcha turlari hamda ularga boʻlgan huquqpar, shu jumladan intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ham investitsiya faoliyati amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga moddiy va moddiy boʻlmagan neʼmatlarni hamda ularga boʻlgan huquklarni qoʻyish bilan bogʻliq tashqi iqgisodiy faoliyat subyektlari harakat- larining yigʻindisi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin: birinchidan, yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida ulushbay asosda, shu jumladan, mol-mulk va aksiyalar sotib olish yoʻli bilan qatnashish; ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxo- nalar, firmalar va boshqa aloxida boʻlinmalar taʼsis etish; uchinchidan, qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan xorijiy davlat- larning rezidentlari tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish; toʻrtinchidan, konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ulardan foydalanishga moʻljallangan konsessiyalarni qoʻlga kiritish; beshinchidan, mulk huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa tabiiy reyeurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritish; oltinchidan, xorijiy davlatlarning qonun hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tashqi iktisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hamda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining iqti- sodiy manfaatlari himoya qilinadi. Himoya qilish turli usullarda olib boriladi. Bular himoya choralari, kompensatsiya choralari, dempingga qarshi choralar. Shulardan biri himoya chorasidir. Bunday himoya chorasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar biron-bir tovar xuddi shunday tovarni yoki unga bevosita raqobat qiluvchi tovarni Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishni yuzaga keltiradigan mikdorlarda yoki shunday shartlar asosida chet eldan olib kirilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq, shunday zarar yetkazilishi xavfining oldini olish yoki bunday zararni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan muddatdagi ximoya choralarini koʻrishga xaqlidir. Albatga himoya choralari qoʻllash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasining hududiga bevosita subsidiyalangan tovarlar olib kirilgan taqdirda, agar bunday olib kirish Oʻzbekiston Respublikasining xuddi shunday tovarlarni yoki unga bevosita raqobat qiluvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazsa yoki zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirsa yohud Oʻzbekiston Respublikasida xuddi shunday tovarlarni ishlab chiqa- rishni tashkil etish yoki kengaytirishga toʻsiq boʻluvchi shart-sharoit- larni yuzaga keltirsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari va tamoyillariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bunday tovarlarni olib kirish orqali yetkazilgan zararni yoki zarar xavfini bartaraf etish uchun kompensatsiya choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasining hududiga eksport qilgan mamlakatdagi real bahodan yoki eksport qilish paytidagi ishlab chiq arish bahosidan past narxda tovarlar olib kirilgan taqdirda, agar bunday olib kirishlar Oʻzbekiston Respublikasining xuddi shunday tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazsa yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlsa yoxud Oʻzbekiston Respublikasida xuddi shunday tovarlarni ishlab chiqarishni tashkyl etish yoki kengaytirishga toʻsqinlik qilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari va tamoyillariga muvofiq dempinga qarshi choralarni qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Tashqi iqtisodiy faoliyat shartnoma tuzish orqali olib boriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar boʻlmagan taqdirda, qoʻllaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga muvofiq belgilanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan nizolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling