Modellashtirish va modellar o’zining turli soxalardagi tadbiqlariga qarab, moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga bo’linadi.
Moddiy modellar asosan o‘rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional xaraktyeristikalarini ifodalaydi. Masalan, ob’ektning kichiqlashtirilgan maketi va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo‘la oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo‘llari o‘rganiladi.
Abstrakt modellar inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan iboratdir. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan keng foydalaniladi.
Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma’lum tillarga asoslangan belgilar majmuidan iborat. O‘z navbatida, belgili abstrakt modelar matematik logik tillar shaklidagi matematik logik modelarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik bog‘lanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir.
Matematika, kibyernetika, kompyutyerlashtirish, axborot texnologiyalari va qator soha fanlarining jadal rivojolanishi natijasida matematik modellashtirish uzluksiz rivojlanib, matematik modellashtirishning yangi-yangi shakllari vujudga kelmoqda.
O‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonning matematik modeli kamida ikkita guruh elementlarini o‘z ichiga olgan matematik masaladan iborat bo‘ladi. Ulardan birinchisi – ob’ektning aniqlanishi kerak bo‘lgan elementi, ikkinchisi esa ma’lum shartlar asosida o‘zgaradigan elementlardir.
MODELLASHTIRISH BOSQICHLARI
Iqtisodiy muammoni qo’yilishi va uni tahlil qilish
Maqsadning qo‘yilishi modellashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Aniq qo‘yilgan maqsad asosiy elementlar va ular orasidagi bog‘lanish tarkibi va miqdoriy xaraktyeristikasini aniqlaydi.
Matematik modellar qurish.
Bunda iqtisodiy muammolar konkret matematik bog’lanishlar va munosabatlar ya‘ni, funktsiya, tengsizlik va xokazolar shaklida ifodalanadi. Matematik modellar qurish jarayoni matematika va iqtisodiyot bo’yicha ilmiy bilimlarning o’zaro uygunlashuvidan iborat. Albatta, bunda matematik modelni yaxshi o’rganilgan matematik masalalar sinfiga tegishli bo’lishi uchun xarakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |