Biznes munosabatlarida javobgarlik. Reja


Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik


Download 124.29 Kb.
bet5/14
Sana09.01.2023
Hajmi124.29 Kb.
#1085394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Biznes munosabatlarida javobgarlik

Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik

  • Soxta tadbirkorlik jinoyati korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi to’zilmaning qonunda, o`z Ustavida belgilangan faoliyatini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi.Soxta tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyati g`oyasiga tajovo’z qiladi.Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, soxta tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyot asoslariga, tadbirkorlik faoliyati g`oyasining o`ziga ham tajovo’z qiladi, “odamlarning bozorga va uning boshqacha xo`jalik yuritish usullaridan afzalligiga bo`lgan ishonchiga putur yetkazadi”2.
  • Jinoyatning fakultativ obyekti tijorat tashkilotlarini tashkil etish va ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha o`rnatilgan qonunchilik tartibi, xo`jalik faoliyati hisoblanadi.
  • Ushbu jinoyat tadbirkorlik Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamasdan, korxonalar yoki tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarni to’zishda ifodalanadi
  • O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga muvofiq, foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo`lishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo`lgan yuridik shaxs xo`jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona hamda qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda to’zishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-moddasida esa yuridik shaxs o`zining tasis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquqi layoqatiga ega bo`ladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati, uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilangan bo`ladi.
  • Har bir to’zilgan korxona yoki boshqa tadbirkorlik to’zilmasi faqat o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanishi kerak. Soxta tadbirkorlikda esa uni to’zuvchilar o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamaydi, balki korxona boshqa maqsadlarni ko`zlab to’ziladi.

Download 124.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling