Biznes reja, rezyume, xulosa, marketing, rasmiy biznes reja, ishchi biznes reja, funksiya


Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi –


Download 94.22 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi94.22 Kb.
#1620717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.Mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish

7. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi – biznes-rejaning eng yirik bo’limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda chorva mollarining turlari bo’yicha bosh soni, mahsulotlarni yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag’lari hajmi va qiymati, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va chorvalikchilik mahsulotlarining rejali tannarxi o’z aksini topadi.
Mahsulot yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag’lari quyidagi moddalar bo’yicha aks ettiriladi:
- ish haqi sarfi va undan yagona ijtimoiy to’lovlar – kishi/soatlari va so’mda;
- ozuqa birligi sarfi – sentner, kg va so’mda;
- yonilg’i-moylash materiallari sarfi – tonna va so’mda;
- asosiy vositalar amortizasiyasi va ularni saqlash xarajatlari – so’mda;
- bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar – so’mda;
- sug’urta to’lovlari – so’mda;
- umumishlab chiqarish va ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar – so’mda.
Shu bilan birga chorva mollari turlari bo’yicha rejalashtirilgan umumiy xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning rejali tannarxi keltiriladi.
8. Joriy yil uchun mahsulot balansi - xo’jalikning yil davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, davlat buyurtmasi bo’yicha yoki erkin sotish, ichki xo’jalik ehtiyojlariga sarflash, chorva mollariga ozuqa sifatida sarflash, ish haqi sifatida yoki issiq ovqatga sarflash rejasini aks ettiradi.
9. Mahsulot sotish rejasi - xo’jalikning yillik ishlab chiqarish biznes rejasining muhim tarkibiy qismidir. Rejaning bu bo’limida rejalashtirilayotgan yilda realizasiya qilinishi lozim bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari o’z aksini topadi.
10. Xodimlar soni va iste’molga yo’naltirilgan ish haqi – mehnat resurslari, shu jumladan ishchi kuchi, mutaxassislar va rahbar xodimlarning o’rtacha yillik soni, ularning tarkibi va yil davomida rejalashtirilgan ish haqi fondidan tashkil topadi.
11. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari – xo’jalikning chorvachilik va dehqonchilik tarmog’i bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarni aks ettiradi.

Download 94.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling