Biznes reja, rezyume, xulosa, marketing, rasmiy biznes reja, ishchi biznes reja, funksiya


Download 94.22 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi94.22 Kb.
#1620717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.Mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish

12. Xo’jalikning yalpi daromadi – mahsulot sotishdan olinadigan yalpi pul tushumidan farq qiladi. Rejalashtirilgan yalpi daromad tarkibiga xo’jalik a’zolari iste’moliga yo’naltirilgan ish haqi va boshqa rag’batlantiruvchi to’lovlar ham kiritiladi.
13. Yordamchi, qo’shimcha va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish dasturi – ishlab chiqarish quvvatlari, xom ashyo va materiallarga bo’lgan talab, mahsulotlarni taqsimlash va h.k.
14. Moliyaviy natijalarning kutilayotgan rejasi - pul kirimlari va ularni taqsimlanish, kapital sarflar, ularning manbalari va yo’nalishlari, maxsus fondlar, ularni tashkil qilish va foydalanish, foyda va sof daromadning taqsimlanishi, aylanma mablag’larni me’yorlashtirish masalalarini o’z ichiga oladi.


3.7.5. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini rejalashtirish.
Dehqonchilik tarmoqlarini tashkil qilish, korxonaning perspektiv va yillik rejalarini xamda ishlab chiqarish bo’limi va zvenolarining xo’jalik hisobi topshiriqlarini ishlab chiqishda hal qiluvchi omil – qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini rejalashtirishdir. Ekinlar hosildorligini rejalashtirish eng murakkab va shu birga eng asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
O’simlikchilik bo’yicha ishlab chiqarish dasturining asosiy ko’rsatkichi bo’lgan hosildorlikni rejalashtirishda uning oldingi 3-5 yillik haqiqiy darajasini o’rganish, ilg’or jamoalar va tajriba xo’jaliklarida erishilgan hosildorlik bilan taqqoslash talab qilinadi. Shu bilan bir qatorda haqiqiy hosildorlik bilan rejalashtirilgan hosildorlik o’rtasidagi tafovutlar sabablarini aniqlashga e’tibor berish kerak. Buning uchun ekinlarni ekish, o’g’it me’yori, ekinlarga solish vaqti va usullari, ekinlarning almashlab ekish dalalarida joylashishi, suv bilan ta’minlanishi va yerning meliorativ holati, ekiladigan urug’ navi, ishlarni bajarish agrotexnika muddatlari va ishlab chiqarishning boshqa tashkiliy va texnologik omillari chuqur va har tomonlama o’rganilishi kerak.
Hosildorlikni oshirishning samarali vositalaridan biri mineral va organik o’g’itlardan to’g’ri foydalanishdir. Shuning uchun bir gektar yerga o’g’it solishning rejadagi me’yori keyingi 3-5 yildagi darajasi bilan taqqoslanadi. Xo’jalikda keyingi uch yilda ekinlarga berilgan o’g’it me’yori 1-ilovada keltirildi. Korxonaning yer, iqlim, agrotexnika va iqtisodiy sharoitlarini to’la hisobga olgan holdagina hosildorlikni to’g’ri rejalashtirish va ilmiy jihatdan asoslash mumkin.
Hosildorlikning erishilgan darajasini o’rganish va tahlil qilishda korxona joylashgan zonadagi davlat urug’ sinash uchastkalari, tajriba stansiyalari va ilg’or xo’jaliklar hamda brigadalarning hosildorlikni oshirish tajribalari umumlashtirilishi kerak. Tahlil qilish orqali o’rtacha hosildorlik hamda o’rtacha yillik o’sish sur’atlari aniqlanadi. Qabul qilinganyoki erishilgan o’rtacha yillik o’sish sur’atiga ko’ra, ma’lum istiqbol yilga hosildorlik darajasi rejalashtiriladi. O’rtacha hosildorlik darajasi quyidagi formulaga binoan aniqlanishi mumkin:

Bunda: X- ekin hosildorligi;
M- ekin maydoni;
n - yillar soni;
i - ekin turi.
Hosildorlikni unga ta’sir etuvchi eng asosiy omillar ta’sirini hisoblab chiqish orqali rejalashtirish mumkin. Bunda ta’siri aniqlanadigan omildan boshqalari bir xil – o’zgarmagan bo’lishi kerak. Ta’siri hisoblanadigan shunday omillarga mineral va organik o’g’itlarning qo’llanishi, yangi urug’lik navlari, suv ta’minoti va hokazolar kiradi. Ilmiy-tadqiqot institutlari ma’lumotlariga ko’ra, qo’shilgan hosilning yarmi mineral o’g’itlar hissasiga to’g’ri keladi. Paxtachilikda yerning tabiiy unumdorligi gektar boshiga o’rtacha 12-14 s hosil olishini ta’minlaydi. Qolgan hosil, ya’ni qo’shimcha hosil yerga qo’shimcha mehnat va mablag’ sarflash natijasida, mehnat unumdorligi oshishi hisobiga yetishtirilgan. Haqiqatda sarf qilingan sof miqdordagi o’g’itning bir birligiga yetishtirilgan hosil bilib olingandan keyin uni rejalashtirilgan qo’shimcha o’g’it sarfiga ko’paytirish orqali qo’shimcha olinadigan hosil miqdori aniqlanadi:




Download 94.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling