Biznes reja turlari


Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi


Download 351.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana25.03.2023
Hajmi351.86 Kb.
#1295004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 mavzu

Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi 
Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat 
emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, 
kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma’lumki, 
turli xil bo’ladi: kimdir mahsuldor, ya’ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko’rsa, 
boshqalarga moliyaviy strategiya ko’proq to’g’ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g’oya 
bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga 
katta e’tibor qaratadilar. Bozorda ma’lum ma’noda barqaror o’ringa ega bo’lgan boshqa 
korxonalar esa asosiy e’tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar. 
Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani 
ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. Shunday bo’lsada, 
zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, 
quyida uning ayrim variantlari keltirilgan 
Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi 
Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat’iy tartibga solingan 
tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar 
mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif qilinayotgan 
mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni 
baholash, moliyaviy ta’minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja 
tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday 
boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad 
(foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish 
mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday. 
Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisob-
kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur 
etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potentsial ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning 
bo’limlarini mazkur qo’llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko’rib chiqamiz. Bozor 
munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo’lmasligi hamda bozordagi 
vaziyatga bog’liq bo’lgan holda turli o’zgarishlarga uchrashi, iste’molchilarning hali 
qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko’rib chiqish 
har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab berilishi zarur. 


Biznes uchun kredit "FOYDALI" 
Kredit maqdsadi: 
Amaldagi qonunchilikka zid kelmagan holda - aylanma 
mablag‘larni to'ldirish, asosiy vositalarni sotib olish va 
kichik biznesdagi boshqa maqsadlar uchun. 
Kredit oluvchilar uchun 
talablar: 
- Bank filiallarida talab qilinadigan asosiy depozit hisob 
raqamiga xizmat ko'rsatilayotgan xo'jalik sub'ektlari. 
- foyda ko’rayotgan biznesi mavjud bo’lgan; 
- Biznesda ish muddati 6 oydan oshgan subyektlar; 
Eslatma: zararda ishlayotgan va noaniq balansga ega bo'lgan 
korxonalarga kredit berilmaydi. 
Kredit valyutasi: 
Milliy valyuta – so'm 
Kredit miqdori: 
Oxirgi 6 oy mobaynida asosiy ish joyidan o'rtacha oylik sof 
daromadning 30 foizigacha bo'lgan miqdorda, lekin 50 000 
000 so'mdan ko’p emas. 
Kredit muddati: 
12 oy gacha 
Imtiyozli muddat: 
O’rganib chiqilmagan 
Kredit berish shakllari: 
Naqd pulsiz shaklda 
Kreditning 
yillik 
foiz 
stavkasi 
Yillik 20% 
Kreditni qaytarish shakli: 
Turli xil 
Kreditni ta’minlash: 
Ta'sischilarning kafillari va Bank yoki sug'urta polisining 
kafolati; 
Kredit olish uchun zarur 
hujjatlar ro'yxati: 
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: 
- Tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi; 


- Kredit oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport 
nusxasi; 
- Majburiy tarzda ko'rsatilishi kerak bo'lgan biznes-reja 
maqsadi, muddati va kredit miqdori, pul oqimi prognozi; 
- Ta’minlash bilan bog'liq hujjatlar; 
- Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlar. 
2. Yuridik shaxslarni shakllantirsh uchun kichik biznes 
subyektlariga: 
- Kompaniya ustavining nusxasi va ta'sis hujjatlari; 
- Mahalliy organlar tomonidan ro'yxatga olingan yuridik 
shaxs guvohnomasining nusxasi; 
- Agar faoliyat turi, litsenziya talab qiladigan faoliyatlar 
ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, faoliyat turi bilan shug'illanish 
huquqini tasdiqlovchi faoliyat litsenziyalari, muvofiqlik 
sertifikati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun 
standartlar (muhrlangan nusxada); 
- Davlat soliq inspektsiyasiga moliyaviy hisobot oxirgi 
hisobot davri uchun quyidagi tarkibda taqdim etiladi: balans 
– 1 raqam shaklida, moliyaviy natijalar bayonoti- 2 raqam 
shaklida. Debitorlik 
va 
kreditorlik 
qarzdorliklarining 
shakllanishi ochish, asosiy vositalarning harakatini ochish. 
- Majburiy tarzda ko'rsatilishi kerak bo'lgan biznes-reja 
maqsadi, muddati va kredit miqdori, pul oqimi prognozi; 
-Ta’minlash bilan bog'liq hujjatlar; 
- Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlar. 


Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar kimlarga beriladi? 
Avval xabar berganimizdek Prezident qaroriga asosan yurtimizda “Har bir oila — 
tadbirkor” dasturi amalga oshiriladi. 
Adliya vazirligi tomonidan mazkur dastur doirasida kreditlarni ajratish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali “Har bir 
oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit ajratish tartibi haqida tushuncha berib o‘tdi. 

Download 351.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling