Biznes rejaning ishlab chiqarish bo’limi


· ishlab chiqarishga ketadigan vaqt va smenalar miqdori


Download 345.31 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi345.31 Kb.
#1377439
1   2   3
Bog'liq
Makhmudov Saydaliyev

· ishlab chiqarishga ketadigan vaqt va smenalar miqdori;
· texnologik va muxandislik jixozlarini joylashuv sxemasi;
· ishlab chiqarish va yordamchi binolarning xarakteristikasi (o’lchamlari, tabiiy yorug’lik uchun derazalar, darvoza va eshiklar, pol qismining xarakteristikasi, yer osti va usti kommunikatsiya tizimlari va xokazo);
· texnologik opretsiyalarni bajarishda asosiy va yordamchi ishlovchilar hamda ularga yaratiladigan qulayliklar (ish o’rinlarini jixozlash);
· bino ichidagi transport vositalari, yo’llar va yo’laklar;
· xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar va tayyor maxsulotlar saqlash uchun maydonlar.

Ishlab chiqarish jarayoni va uning
ta’minoti.
2
Ishlab chiqarish jarayoni – ishlovchilarning mexnat qurollari yordamida korxonadagi xom ashyo, materiallarni belgilangan sifatda va belgilangan muddatda tayyor mahsulotga aylanishdagi barcha xarakatlar tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoni assosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish jarayonini texnik va tashkiliy-iqtisodiy tavsifi maxsulot turi, ishlab chiqarish xajmi, ishlatilayotgan texnika va texnologiyalarni turlari hamda maxsuslashtirish darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Asosiy ishlab chiqarish jarayoni bevosita tayyor maxsulot ishlab chiqarishdagi jarayonlardir. Ya’ni, metall rudasini pechga solib eritish va quymalar olish yoki donni yanchib un va non maxsulotlari tayyorlash kabi jarayonlar.
Yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari maxsulot tayyorlanishida xom ashyoni bir joydan boshqa joyga ko’chirish, moslama va uskunalarni o’rnatish hamda sozlash, dastgohlarni moslashtirish kabi xarakatlarni o’z ichiga oladi.
Xizmat ko’rsatuvchi jarayonlar – bu ish o’rinlarini tozalash, dastgohlarni ta’mirlash, asbob-uskunalarni charxlash kabi jarayonlardir.
Ishlab chiqarish jarayoni tayyorlanishidagi dastlabki bosqich maxsulot (xizmatlar) tayyorlash strategiyasini belgilash, zarur bo’lgan sifat va miqdorni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan xom ashyo va yordamchi materiallarni tanlash va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish muddatlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu jarayonni ishlab chiqishda ishlab chiqarish maydonlari mavjudligi, ularni rejalashtirilayotgan loyihaga moslashtirilishi yoki bino va inshootlarni yangidan qurilishi muxim ahamiyat kasb etadi.
Maxsulot ishlab chiqarish strategiyasini belgilashda texnologiyalar tanlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish xajmlariga bog’liq bo’ladi. Maxsulot miqdori ozrok va nomenklaturasi ko’proq bo’lgan ishlab chiqarish bilan nomenklaturasi kam (yoki faqat bir xil) va miqdori ko’p bo’lgan ishlab chiqarish strategiyasi tubdan farq qiladi.
Donabay ishlab chiqarish turida zarur maxsulotdan juda kam miqdorda, ayrim xollarda bir dona ishlab chiqarilib, chegaralangan iste’mol talablari bilan xarakterlanadi. Bu ishlab chiqarish turida universal texnologik jixozlardan foydalanilib, ko’p turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’ladi. Mazkur ishlab chiqarishda yuqori malakadagi ishlovchilar bo’lishi talab qilinadi va texnologik jixozlar operatsiyalar ketma ketligi emas, texnologik guruhiga qarab joylashtiriladi. Donabay ishlab chiqarish asosan ta’mirlash va jixozlarning ehtiyot qismlari ishlab chiqarish uchun tashkil etiladi. Donabay va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida tayyorlangan mahsulot tannarxi yuqori bo’ladi. Bunga asosan ishlab chiqarish jarayonlarida mexnat xarajatlarini yuqoriligi sabab bo’ladi. SHuning uchun mazkur ishlab chiqarish sharoitlarida imkon qadar dastgohlardan samarali foydalanish va mexnatni to’g’ri tashkil qilishga ahamiyat berish lozim bo’ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida bir vaqtning o’zida ko’p nomenklaturadagi mahsulotni uzoqroq vaqt ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jixozlarining universallik darajasi o’rtacha bo’lib, qisqa muddatlarda boshqa turdagi mahsulotlar uchun moslashtirish imkoni bo’ladi. Bunday turdagi ishlab chiqarishda dastgohlar joylashuvi guruxlar asosida amalga oshiriladi (tokarlik bo’linmasi, frezerlik bo’linmasi va hokazo). Seriyali ishlab chiqarishning ahamiyatli jixati shundan iboratki, bunda ko’p turdagi mahsulotlar seriyalab (partiyalab) ishlab chiqariladi va bu seriyalar davriy ravishda takrorlanib turiladi. Bu esa ishlab chiqarishda universal va yuqori unumdorli jixozlardan foydalanish imkonini beradi.
Ommaviy ishlab chiqarish sharoitida bir xil turdagi mahsulotni uzoq vaqt ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanib, ishlab chiqarish dastgohlari maxsus va avtomatlashtirish darajasi yuqori bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish uchun texnologik jixozlar ko’p hollarda buyurtma asosida tayyorlanib, olib kelinadi. Bu turdagi ishlab chiqarishda texnologik jixozlar umumdorlik ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi. Texnologik jixozlar maxsus bo’lganligi va aksariyat xollarda avtomatlashtirilganligi sababli ularni sozlash va moslashga vaqt sarflanmaydi. O’z navbatida bu turdagi jixozlarda ishlovchilar soni nisbatan kam bo’ladi va tannarx tarkibida mexnat xarajatlari ham kam bo’ladi.
Ommaviy ishlab chiqarish sharoitida bir xil turdagi mahsulotni uzoq vaqt ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanib, ishlab chiqarish dastgohlari maxsus va avtomatlashtirish darajasi yuqori bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish uchun texnologik jixozlar ko’p hollarda buyurtma asosida tayyorlanib, olib kelinadi. Bu turdagi ishlab chiqarishda texnologik jixozlar umumdorlik ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi. Texnologik jixozlar maxsus bo’lganligi va aksariyat xollarda avtomatlashtirilganligi sababli ularni sozlash va moslashga vaqt sarflanmaydi. O’z navbatida bu turdagi jixozlarda ishlovchilar soni nisbatan kam bo’ladi va tannarx tarkibida mexnat xarajatlari ham kam bo’ladi.

Download 345.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling