Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari


Download 228.74 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi228.74 Kb.
#1607573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
korxona faoliyatida biznes rejaning ahamiyati

Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari.
Biznes-rejani tayyorlashning birinchi bosqichida korxona missiyasi (korxona falsafasi) – xo’jalik subyektining qisqacha ta’rifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, xarajat me’yorlari va mintaqa, jamiyatning ijtimoiy vazifalarini hal etishdagi o’rni aniqlanadi.
Ko’pincha, korxonalar o’z missiyasi maksimum foyda olish,- deb xato qiladilar. Iste’molchilar uchun korxonaning qancha foyda olishi qiziqarli emasdir. Foyda olish korxonaning ichki muammosi bo’lib, uni hammaga e’lon qilish, ta’sis hujjatlariga kiritib qo’yishni ma’lum ma’noda o’rinsiz deb hisoblash mumkin. Har qanday korxona ochiq tizim bo’lib, uning muvaffaqiyati tashqi muhitdagi iste’molchilarning ma’lum bir talablarini qondirish bilan bog’liqdir. Agar korxona shunday missiyani amalga oshirishga imkoniyat topa olmasa, bir vaqtning o’zida kam foyda oladi. Shuning uchun faqatgina tashqi muhitdan korxonaning maqsadi va missiyani topish mumkin. Foyda maqsad emas, balki maqsadga erishish Aytish kerakki, biznes-reja xo’jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga ko’ngildagidek tez kirishib ketgani yo’q. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes-rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi o’z ta’sirini ko’rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra ko’plab korxonalarning biznes-rejalari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va ko’p hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.
Biznеs-rеjaning kеyingi “Korxonani (firmani) tavsifnomasi” bo’limida korxona to’g'risida asosiy ma'lumotlar ifoda etilib bеriladi. Bu bo’limda sarmoyador (invеstor) loyiha haqida hukm chisarishi uchun zarur jixatlar, ya'ni firmaning imidji (ya'ni, xaridorlar (mijozlar)ning firma hsidagi fikri, firmaning boshqa xuddi sh unday shaklidagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan foydalanadi, firmaning savdo bеlgisi qaеrlarda ma'lum va asosiy xaridorlar (mijozlari) kimlardadan iboratligi ko’rsatiladi.
Shu bilan birga,korxona haqida ma'lumot jumladan, korxonaning tashkil etilgan vaqti va kapitalining tuzilmasi, unga xizmat ko’rsatayotgan bank, korxona rahbariyati va tashkiliy-boshqaruv tuzilishi haqida ma'lumot kеltiriladi.

Download 228.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling