Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
Mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash
Download 228.74 Kb.
|
korxona faoliyatida biznes rejaning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish.
- Bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish strategiyasi
Mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash. Bu qism biznes-rejada asosiy hisoblanadi. Bunda, ishbilarmon, bozorning butun tuzilishi, tarmoqning rivojlanishini aks ettirishi, egallamoqchi bo‘lgan bozor segmentini ajratish va raqobatchilar faoliyatini tavsiflashi, bozordagi shaxsiy xissasi dinamik o‘sishini isbotlashi kerak. Kichik biznes boshqaruvchisi kim uning mahsuloti haridori bo‘ladi; u qancha tovar sotib olishi mumkin; qanday qilib o‘z tovarini o‘tkazadi (to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa, ekspert, diler, vositachi orqali, birja va broker orqali); mahsulotning kelgusidagi (3-5 yildagi) bozor potensiali; raqobatchilarning mavjudligi va imkoniyatlari, “kurashish” usullari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon istiqboldagi 3-5 yilga qisqacha bashorat berishi kerak. Uning fikri bo‘yicha qancha hajmda mahsulot sotish mumkin. Bozorda raqobatchilar bilan qanday usullar yordamida kurashish mumkin. Kelajakda mahsulot ishlab chiqarishning qaysi strategiyasini tanlash mumkin. Xuddi shu savollar, tushunarli tarzda, biznes rejaning keyingi bo‘limlarida ko‘rsatiladi.
Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish. Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ularning ro‘yxati, oylik yoki yillik sotilgan mahsulot soni va hajmi beriladi. Bu bo‘limning maqsadi-kreditorlarni (banklarni), investorlarni yoki yangi foydalanuvchilarni mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investorni o‘z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z haridoriga ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, narxni kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar). Bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish strategiyasi. Marketing rejasida asosiy muvaffaqiyat omillari (masalan, bozor uchun yangi mahsulot, vaqtdan yutish, bozorga chiqishdagi afzallik va boshqalar), narxlarga yondashish, sotish usullari va mahsulot reklamalari ko‘rsatiladi. Biznes strategiyasi quyidagi bozor axborotlariga suyanadi: ishlab chiqarishning o‘lchamlari, jug‘rofiy tavsif va raqobatning mavjudligi, imkoniyatlari. Marketing rеjasi. Markеting rеjasi biznеs-rеjaning muhim qismidir. Unda mahsulotlarni qay tartibda taqsimlanishi, bahoni o’rganish, bozorlarda mahsulot harakati haqida ma'lumotlar doimo bеrib turiladi. Bundan tashqari ayrim mahsulot turlari bo’yicha foydalilik haqida oldindan ma'lumotlar bеrilishi mumkin. Bu bo‘limda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi: ishbilarmon tanlagan tovarlar va ularni sotish usullari; mahsulotni oluvchi haridorlar; narx siyosati; haridorlarga xizmat ko‘rsatish uslubi va bozorni kengaytirish usullari (ya’ni haridorlarni izlash).O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib va bozorni o‘rgangandan so‘ng, ishbilarmon, ommaviy tovar strategiyasini yoki ixtisoslashgan strategiyani tanlaydi. Shuningdek u, mahsulotni qanday usullar bilan o‘tkazishni ko‘rib chiqadi: mahsulotni ulgurji, chakana sotish, ishchi kuchi va pul harajatlari hisoblanadi. Biznеs-rеjaning markеting rеjasi bo’limida markеting haqidagi quyidagi ma'lumotlar kеltiriladi: Bozor sеgmеntatsiyasi Maqsadli bozorlarni tanlab olish Bozorga kirish uslublarini tanlash (o’z salohiyatini qo’llash, boshqa firmalarni sotib olish yoki ular bilan hamkorlik qilgan holda Markеting elеmеntlarini tanlash (mijozga tovar yoki xizmatlar; sotish joyi, tovar yoki xizmatlarni bozorga siljitish va narxlari orqali) Firmani bozorga kirish vaqtini tanlash (ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish quvvatlarini tashkil etish, mamlakat iqtisodiyotidagi ahvol, asosiy raqobatchilarning bozordagi o’rni va h.k.) Bozorni segmentlash kichik firmalar uchun ham maqsadga muvofiqdir. U doimiy va potensial haridor aniqlangach, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerakligi haqidagi savol bo‘yicha ma’lumotlar tahlili asosida hal qilinadi. Download 228.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling