Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Download 228.74 Kb.
bet9/13
Sana19.06.2023
Hajmi228.74 Kb.
#1607573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
korxona faoliyatida biznes rejaning ahamiyati

Yo’nalish turi

Qadriyatlar kategoriyasi

Korxona ko’zlayotgan maqsadlar toifalari (tiplari)

Nazariy

  • Haqiqat

  • Bilim

  • Oqilona fikrlash

Uzoq muddatli tadqiqotlar va ishlanmalar

Iqtisodiy

  • Qulaylik

  • Foydalilik

  • Boylik jamg’arish

  • O’sish

  • Foyda olish

  • Natijalar

Siyosiy

  • Hokimiyat

  • Hurmat qozonish

Kapital va sotishning umumiy hajmi, ishlovchilar soni

Ijtimoiy

  • Yaxshi munosabatlar

  • Sadoqat

  • Nizolarning bo’lmasligi

  • Foydalilikdan ijtimoiy mas’uliyatning yuqori turishi

  • Bilvosita raqobat

  • Tashkilotdagi yaxshi muhit

Estetik

  • Badiiy muvofiqlik

  • Shakl va o’lchamlar mosligi

  • Tarkib

  • Mahsulot dizayni

  • Sifat

  • Foydaning kamayishi hisobiga bo’lsa ham ko’rkamlikni ta’minlash.

Diniy

Borliq bilan muvofiqlik, kelishuv.

  • Etika

  • Ma’naviy muammolar

1-jadval. Qadriyatlar yo’nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi.

Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona obro’sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me’yor va g’oyalari majmuasi bilan chambarchas bog’liqdir. U hayotda quyidagilarda o’z aksini topadi:



  • korxonaning xatti-harakatlarida - barcha xodimlar uchun yagona bo’lgan tamoyillarda;

  • firma kommunikatsiyalarida - axborotni uzatish usullarida;

  • korxonani ko’rgazmali taqdim etish vositalarida - firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko’rinishi va x.k.

Korxona imidji firmaning iste’molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas’uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muhitda kerakli taassurot uyg’otishga intilishini aks ettiradi.
Ikkinchi bosqich – biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsad- bu korxonaning kelgusidagi ko’zda tutilgan, istalgan holati.
Biznes tizimida maqsad beshta funksiyani bajaradi:

  1. tashabbus - firmaning hozirgi va ko’zda tutilgan, istalgan holatini, harakatlar motivlarini taqqoslash, solishtirish.

  2. qarorlar qabul qilish mezonlari - axborotlar va muqobillarni tanlash, biznesdagi ustuvor yo’nalishlarni baholash;

  3. boshqarish vositalari - harakatlarni boshqaruvchi talablar, biznes yo’nalishlarini aniqlash;

  4. muvofiqlashtirish - qarorlar qabul qiluvchi shaxslar o’rtasida nizosiz munosabatlarni ta’minlash, maxsuslashtirilgan bo’linmalar ishlarini moslashtirish, muvofiqlashtirish.

  5. nazorat - bu xo’jalik faoliyatining joriy holati ko’rsatkichlarini maqsadlar bilan taqqoslash, solishtirish.

Missiyadan farqli ravishda maqsadlar korxona faoliyatining bir muncha aniq yo’nalishlarini aks ettiradi (2-jadval).



Download 228.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling