Biznes tadqiqot konsalting mchj


AKSIYADORLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI


Download 49.45 Kb.
bet4/9
Sana13.07.2023
Hajmi49.45 Kb.
#1660179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Microsoft Word Document (13)

AKSIYADORLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI

  • Siz uchun tadbirkorlik shakllari orasida nisbatan ko‘proq tanish bo‘lganlaridan biri – aksiyadorlik jamiyatidir. Chunki u eng yirik shakllardan biri hisoblanib, ayrim hollarda korporatsiya deb ham yuritiladi. Bugungi kunda jahonda yetakchi bo‘lgan «Apple inc.», «Microsoft» va GOOGLE kabi kompaniyalar shular jumlasidandir.

  • Mamlakatimizdagi «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» kabi kompaniyalar ham aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.

  • Aksiyadorlik jamiyati (AJ) – muassislar (aksiyadorlar)ning ixtiyoriy hissalari asosida tashkil etilgan biznes yuritish shakli. Yani Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.

  • AKSIYADORLIK JAMIYATI TURLARI:

  • Ochiq aksiyadorlik jamiyati – muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.

  • Ishtirokchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat ochiq aksiyadorlik jamiyati deyiladi

  • Yopiq aksiyadorlik jamiyati – muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadi. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan oshmasligi zarur.

  • Aksiyalari faqat uning ta’sischilari yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi jamiyat yopiq aksiyadorlik jamiyati deyiladi.


  • Download 49.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling