AKSIYADORLIK JAMIYATINI TASHKIL ETISH
Jamiyatni yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalining minimal miqdori 1 600 mln. so‘mni tashkil etadi. Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi.
AKSIYADORLIK JAMIYATINING AFZALLIKLARI
Katta hajmdagi mablag‘ni osonlik bilan jamlay olishi. Chunki buning uchun yetarli miqdordagi aksiyani chiqarish kifoya
|
Aksiyadorlik jamiyati joriy faoliyatini boshqarish shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi mumkin bo‘lgan biznesning yagona shakli ekanligi
|
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar turiga bog‘liqligi
|
Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi va o‘z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi
|
Imtiyozli aksiyalar esa o‘z egalariga, birinchi navbatda, dividendlarni olishga hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan
mablag‘larini olishda ustunlik beradi
|
Imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi boryo‘qligidan qat’i nazar, ma’lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi
|
AKSIYADORLIK JAMIYATINING KAMCHILIKLARI
Aksiyadorlar sonining ko‘pligi jamiyat faoliyatini mulkdorlar tomonidan boshqarilishni qiyinlashtirishi. Shunga ko‘ra aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv kengashi tashkil etiladi va direktor tayinlanadi
|
Asosiy faoliyat yoki boshqaruvga oid biron-bir qarorni qabul qilish uchun uning aksiyadorlar yig‘ilishi da muhokama qilinishi mazkur jarayonning cho‘zilishiga olib keladi
|
aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |