Biznes tizimlarni ishlab chiqish va tadbiq etish Reja: Biznesda axborotlar tizimi ahamiyati. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar


Download 262.62 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi262.62 Kb.
#1016131
Bog'liq
Biznes (2)


Biznes tizimlarni ishlab chiqish va tadbiq etish
Reja:
1. Biznesda axborotlar tizimi ahamiyati.
2. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar.
3. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo’llari.
Biznesda axborotning o’rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:
• zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshqaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda;
• firmaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati haqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli, tashkiliy tuzilmaning turli bo’linmalari o’rtasida axborot almashuvini yo’lga qo’yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi;
• uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshqaruv tuzilmalarining ehtiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining mohiyatiga qarab belgilanadi.
Biznes sohasidagi axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar:
• yuborilayotgan ma’lumotlar qisqa, aniq bo’lishi va o’z vaqtida manzilga yetkazilishi lozim;
• tashkiliy tuzilmaning biron bir bo’g’inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq ehtiyojlarini qondirishi kerak;
• ma’lumotlar aniq va haqqoniy bo’lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to’g’ri tanlanishi lozim; to’planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.
Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:
• zamonaviy firmalarda axborot to’plash, uni qayta ishlash va uzatish uchun yuksak darajada takomillashgan texnik vositalar qo’llaniladi. Odatda, butun tashkilot miqyosidagi axborot tizimlari yagona tarmoqqa birlashtirilgan;
• tashkiliy boshqaruvchilik tuzilmasiga xizmat ko’rsatuvchi axborot tizimi olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot uzatishning ichki va tashqi kanallarini tarkib toptirish va umuman informatsiya kabi alohida komponentlardan iborat;
  • axborot tizimlari o’z faoliyati to’plash va uzatish, tashkiliy faoliyatni uyushtirish kabi o’zaro bog’liq ish jarayonlarini uzviy ketma-ketlik tarzida ro’yobga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirishda ularga axborot oqimi harakatini ta’minlovchi turli xil texnik vositalar, axborotni qayta ishlash uslublari yaqindan yordam beradi;

  • • axborot bilan ishlash jarayoni, umumiy jihatdan olganda, ilmiy-texnik, rejalashtirish, nazorat o’rnatish, hisobchilikka oid va tahliliy axborotlarni to’plash jarayonlaridan iborat.

Amal qiluvchi axborot tizimlarining funksiyalari:
• tashkiliy boshqaruv jarayoni samarali kechishi uchun har bir aniq menejerga qanday mazmundagi va qancha miqdordagi ;
• tashkilotning faoliyati unumli bo’lishi uchun umumiy va xususiy jihatdan olganda, qanday va qancha texnik vositalar kerakligini aniqlash;
• tashkiliy tuzilma faoliyatining uzluksiz davomiyligini ta’minlash uchun zarur bo’ladigan jamiki texnik vositalarga sarflanadigan xarajatlarni markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish;
• tashkilot miqyosida tegishli axborotlarni to’plash, saqlash va taqdim etish jarayonlarining yuksak ijrochilik darajasini ta’minlash;
• amaliy jihatdan qo’llanishi mumkin bo’lgan turli faoliyat dasturlarini yaratish.
Kommunikatsiya axborot almashuvidir. Bu axborot asosida rahbar kerakli qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlar oladi, so’ngra ularni kadrlarga yetkazadi.
Rahbar faoliyati samarali axborot almashuvini talab etadi. Agar odamlar axborot almasha olmasa, ular birga ishlay olmaydi, maqsadlarini shakllantira olmaydi.
Rahbar o’z vaqtining 50%dan 90%gachasini kommunikatsiyaga sarflaydi, chunki axborot almashuvi boshqaruv faoliyatining barcha asosiy turlariga singib ketgan. Axborot almashuvining sifati boshqaruv qarorlarini bajarish darajasiga bevosita ta’sir qiladi.
Axborot korporatsiya ichida vertikal kommunikatsiyalar doirasida bosqichdan-bosqichga o’tadi. U pastlovchi chiziq bo’ylab berilishi (uzatilishi) mumkin, ya’ni oliy bosqichdan quyi tomon ( masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo’limi sex boshlig’iga biror mahsulotni ishlab chiqarish muddatini aytadi, u esa uchastga boshlig’i yoki ustaga topshiriq beradi) yoki yuqorilovchi chiziq bo’ylab beriladi (masalan, uchastka boshlig’i sex boshlig’ini mahsulotning tayyorlanishi haqida xabardor qiladi, u o’z navbatida, bu haqida ishlab chiqarish boshlig’ini xabardor qiladi, u esa korxona direktoriga xabar beradi). Axborotni quyi bosqichdan yuqoriga berish mehnat unumdorligiga ta’sir qilishi mumkin.
Vertikal kommunikatsiyalardan tashqari korxonada gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjuddir. Korporatsiya funksional bo’limlar, sexlar va boshqa bo’linmalardan iborat bo’ladi, ular o’rtasida axborot almashinuvi uning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun zarur. Masalan, bazaviy texnologiya asosida korporatsiya turli mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, shu sababli marketing bo’limi orqali bozorda nima xaridorgir ekanligi haqida axborot olib turish juda muhim. Bu korxonaga iste’molchi , ular talablarini vaqtida bajarish imkonini beradi.
Komunikatsion jarayon elementlari:
• axborot uzatuvchi (jo’natuvchi, yuboruvchi) – g’oyalarni jamlovchi yoki tegishli axborotlarni to’plab kommunikativ tarmoqlar bo’yicha ularni uzatuvchi shaxs;
• ma’lumot – ramziy ifodalar vositasida kodlashtirilgan ma’lumot(xabar);
• aloqa kanali – axborotni uzatish vositasi;
• axborotni qabul qiluvchi – uzatilayotgan axborotga bevosita daxldor shaxs. Ushbu axborotda mazkur kimsaga tegishli ia’lumot ifodalangan bo’lib, u odam axborotni qabul qilgach, uni ma’lum tarzda sharhlaydi va faoliyati uchun zarur ma’lumotlarga ega bo’ladi
ERP so'z qisqartmasi inglizcha Enterprise Resource Planning System so'zlarining bosh harfidan olingan bo'lib, "korxona resurslarini rejalashtirish tizimi" degan ma'noni bildiradi. Deylik bir korxona qandaydir mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda korxona ichidagi bir qancha bo'limlar, sexlar va boshqa korxonani tashkil etivchi qismlarini ishtirokini talab qiladi. Ya'ni korxona bo'limlarining funksiyalari va boshqa imkoniyatlarini qandaydir kompyuter tizimida shakllantirish zarurati tug'iladi. Aynan shu tizim orqali korxonadagi haqiqiy vaziyatni kuzatish va boshqarish mumkin. Masalan, omborxonada qandaydir hom-ashyoda kam miqdorda qolgan, va agar yana huddi shunday hom-ashyo keltirilmasa, korxona ma'lum muddatdan so'ng ishlashdan, mahsulot ishlab chiqarishdan to'xtab qoladi. Bu esa korxona uchun juda katta moddiy ziyon keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday holatlarda ERP tizimlar yordamga keladi. Ushbu tizimga korxonaning har bitta bo'limi ulanadi va bu tizim yordamida korxona bo'limlari o'rtasida doimiy ma'lumot almashinuvi jarayoni sodir bo'ladi.
Download 262.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling