Biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish


Download 290.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi290.27 Kb.
#1586996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu Biznesni tashkil etish shakllari

Chiziqli-shtabli tuzilma. Chiziqli-shtabli tuzilma har bir chiziqli rahbar 
qoshida 
ixtisoslashgan 
xizmatchilar, 
maslahatchilar 
kengashi, 
ya’ni 
shtablartuzishyo'libilantashkiletiladi. 
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o'rganish orqali rahbarlarga qaror 
qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo 
bo'lishiga sabab korxonalarda vazifalarning murakkabligidir. 
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo'lidagi birlamchi 


vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo'lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga 
tobe ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish 
vazifasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va 
salbiy maslahatlardan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan 
iboratdir. 
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o'z diqqatlarini 
ilmiy tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga 
qaratadilar. Kamchiligi boshqaruv tizimida ortiqcha bo'g inlaming paydo bo'lishi, 
natijada boshqaruv tezkorligining susayishi, boshqaruv xarajatlarining o sishiga 
olib kelishidir. 
Funksional tuzilma. Funksional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib bo'g 
inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan. Bunda har bir 
boshqaruv bo'g iniga muayyan vazifalar biriktirib quyiladi. 
Boshqaruv apparatini funksional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha 
oshiradi. Boshqaruvning hamma vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan universal 
rahbarlar o'rniga o'z sohasini puxta biladigan, o'z shtatiga ega bo'lgan, o'ziga 
topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislarapparati paydo 
boMadi. 
Funksional bo'linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo'linmalarining faoliyatini 
boshqaradi. Funksional boshqarish u yoki bu vazifa vakolatiga taaluqli tor doiradagi 
masalalar bo'yicha quyi bosqichning organ va bo'linmalari faoliyatiga rahbarlikni 
ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo'limi sexlarning reja byurolariga 
rahbarlik qiladi. 
Bunda ham funksional bo'limlar rahbarlarining vertikal bo'yicha ierarxiyasi va 
bo'ysunishi mavjud. Ammo chiziqli tarkibdan farqli o'laroq, bunday bo'ysunish 
ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo'ysunishdir. Masalan, korxona reja 
bo'limining boshlig'i sex reja byurosi boshlig'iga, hatto aynan shu vazifaga doir 
masala bo'yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni 
korxona direktori sex boshlig'iga berishi mumkin, sex boshlig'i esa sex reja byurosi 
boshlig'iga shunday buyruq beraoladi. 


Funksional tarkib ham ijobiy va salbiy tomonlarga ega. 
Funksionaltarkibningijobiytomonlari: 
- bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv 
samaradorligining kasb mahorati darajasining o'sishini ta’minlaydi. Masalan, 
marketing bo'yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan 
yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi; 
- funksional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar 
bunga tez ko'nikma hosil qiladilar; 
- moddiy 
xarajatlarni 
kamaytiradi, 
boshqarishdagi 
takrorlanishlarga 
chekqo'yadivahokazo. 
Funksional tarkibning salbiy tomonlari: funksional organlar o'ziga topshirilgan 
vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo'lib, «begona» vazifalar uchun ham
butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir 
rahbar o'z vazifasi bo'yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega. 
Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishi, ijrochilarning 
mas’uliyati kamayib, intizomning bo'shashiga olib keladi. Chunki har bir ijrochi bir 
boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bo'ysunadi, ko'pincha ulardan bir-
biriga zid ko'rsatmalaroladi. 

Download 290.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling