Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari
Download 330.54 Kb.
|
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavl-fayllar.org
Gollandiya. Bu mamlakatda kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ko’pgina tashkilotlar mavjud:
- Kichik va o’rta tadbirkorlik uchun golland kengashi; - Kichik va o’rta tadbirkorlik masalalari bo’yicha tadqiqotlar va konsalting; - Kichik va o’rta tadbirkorlik uchun siyosatning qirollik federasiyasi; - ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatlari bo’yicha ish beruvchilar va xodimlarning hamkorligini ta’minlaydilar; - savdo palatasi konsalting xizmatlari ko’rsatadi; - Kichik va o’rta tadbirkorlik instituti ishchi-xizmatchilarni o’qitish, maslahat berish bilan shug’ullanadi; - o’qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam ko’rsatish uchun “Mini-korxonalar fondi” tashkil qilingan; - ikkita Oliy o’quv yurti Kichik va o’rta tadbirkorlik uchun mutaxassislarni tayyorlaydi; - kechqurunlari qatnash mumkin bo’lgan ko’pgina turli xil kurslar ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes-rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida o’qishlari mumkin. Fransiya. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning asosiy maqsadi – bandlikning ko’payishi va raqobatbardoshlikning o’sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: to’g’ridan-to’g’ri yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy to’siqlarni kamaytirish, soliqlarni kamaytirish va boshqalar. Fransiyada kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan: - Kichik va o’rta tadbirkorlik konfederasiyasi; - savdo palatasi; - hunarmandlik ishlari bo’yicha palata; - qishloq xo’jaligi palatasi; - investision xavf-xatarni sug’urtalashning fransuz jamiyati; - biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar. YUqorida ko’rsatib o’tilgan mamlakatlarda qo’llaniladigan kichik biznesni qo’llab-quvvatlash mexanizmlari faqat umumiy ko’rinishda bayon qilingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy mamlakatlarda ko’rsatiladigan yordamning ayrim yo’nalishlarini aniqroq o’rganish va O’zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini belgilash kichik biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan bo’lar edi. Download 330.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling