Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari


Download 330.54 Kb.
bet6/13
Sana18.07.2023
Hajmi330.54 Kb.
#1660907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavl-fayllar.org

1. Huquqiy kafolatlar berish- himoyalash va tartibga solish vazifasi- tadbirkorlarning barqaror rivojlanishini hamda ularning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan teng sharoitlarda faoliyat yuritishini ta’minlashga imkon beruvchi qonuniy-me’yoriy xujjatlarni qabul qilish xamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat yuritishi.
2. Rag’batlantirish vazifasi -xususiy tadbirkorlik tashabbusi, adolatli raqobat kurashi qamda ularga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rish.
3. Taqsimlash vazifasi - ijtimoiy adolat va himoyalash vositasi sifatida daromadlarni qayta taqsimlash, shuningdek tadbirkorlarning moddiy-texnikaviy resurslardan imtiyozli asoslarda foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish.
4. Axborot-maslaqat ta’minoti vazifasi - tadbirkorlarning axborot ta’minoti tizimidan teng sharoitlarda, to’siqlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratish, ular uchun iqtisodiy muammolarning samarali echimini topish, xom ashyo va resurslar ta’minoti, ilg’or texnika va texnologiyalarni qo’llash yuzasidan maslahatlar berish.
5. Ijtimoiy kafolatlash vazifasi - ijtimoiy ta’minot va himoyalashning samarali tizimini yaratish, shuningdeq tadbirkorlarning ta’lim, sog’liqni saqlash va madaniy tadbirlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish bilan bog’liq chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
6. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi - xalqaro bozorlarda tadbirkorlarning manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona tariflari va soliqlar orqali eksport uchun qulay iqtisodiy muhit xosil qilish tadbirlari.
Davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini respublikada amalda bo’lgan qonunchilik doirasida tartibga solib turadi. Bu, birinchi navbatda, ularni tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi bo’yicha qoidalarni belgilash, erdan foydalanish, mehnat, mol-mulk va boshqa munosabatlarni tartibga solish hamda buxgalteriya, soliq va statistika hisobotlarini yuritish tartiblarini joriy etish va boshqalarni nazarda tutadi. O’zbekistonda kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda:
- tadbirkorlarning ishbilarmonlik faolligini oshirish, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shug’ullanishlari va undan manfaatdorligining kafolatli tizimini yaratish hamda ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini muxofaza qilish;
- kichik biznes korxonalari yaratilishi va faoliyatining me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
- kichik tadbirkorlik korxonalarining kredit manbalari va sarmoyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- tadbirkorlik xatarlaridan barqaror qimoyalanishni ta’minlash uchun sug’urta tizimining ahamiyatini oshirish;
-tadbirkorlik sohasiga investisiyalarni (shu jumladan, chet el investisiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish;
- kichik tadbirkorlikka xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarini kengaytirish va rivojlantirish;
-kichik korxonalarning xom ashyo, axborotlar va texnologiyalardan erkin va tusiqlarsiz foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan maqsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish;
-soliqlar, yigimlar va tariflar bo’yicha imtiyozlar belgilash, kichik biznes uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish va boshqalar ;
-tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zaruriy iqtisodiy, statistik ishlab chiqarish-texnologik ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash.
- kichik tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlarining buxgalterlik xisobi va taxlili tizimini takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish.


Download 330.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling