Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari


Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning nodavlat shakllari


Download 330.54 Kb.
bet7/13
Sana18.07.2023
Hajmi330.54 Kb.
#1660907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavl-fayllar.org

3. Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning nodavlat shakllari
Kichik korxonalarning nodavlat infratuzilmasiga quyidagilar kiradi: banklar, sug’urta va lizing kompaniyalari, faktoring kompaniyalar, konsalting kompaniyalari, venchur fondlar, xolding kompaniyalari, auditorlik kompaniyalari, hakamlik sudlari, kichik biznes birlashmalari, texnoparklar, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish va texnologiya markazlari, o’quv markazlari.

Biznes-maktabtadbirkorlarni, kichik korxonalarning rahbarlarini, kichik korxonalar uchun mutaxassislarni, ishsizlarni, o’z ishini ochmoqchi bo’lgan boshqa fuqarolarni, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas’ul bo’lgan xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma.
O’quv-amaliy markazlar – kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va bozor iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning keng miqyosli dasturini amalga oshiruvchi tuzilma.
Ijtimoiy-amaliy markaz – ish bilan band bo’lmagan aholi va ishsizlar o’rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish bilan shug’ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi tuzilma.
Biznes-markaz – tadbirkorlar va biznesmenlarga servis xizmatlari ko’rsatuvchi tuzilma.
Biznes-inkubatorlar – maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o’z maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o’qitish va ofis xizmatlarini ko’rsatuvchi tuzilmalar.
Texnopark – o’z hududida kichik innovasion korxonalarni yaratish va rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko’rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o’z mijozlariga maslahat xizmati ko’rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat.

Download 330.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling