Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari
Download 330.54 Kb.
|
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavl-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Koreya.
YAponiya. YAponiyada kichik korxonalarni qo’llab-quvvatlashda kichik biznes bo’yicha boshqarma, Kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha davlat korporasiyasi, moliyalashtirish bo’yicha milliy korporasiya, Kichik va o’rta tadbirkorlik assosiasiyalarining butun yapon federasiyasi, Kichik va o’rta tadbirkorlikni butun yapon markazi va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan tashqari unga yaqin maxsus banklar Kichik va o’rta tadbirkorlikni kreditlashga xizmat qiladi.
Davlat qo’llab-quvvatlashi o’z ichiga quyidagilarni oladi: imtiyozli soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizasiya, imtiyozli kreditlashtirish, xodimlarni o’qitishda yordam, bankrotlik holida yordam ko’rsatish, KO’Kning texnik darajasi o’sishini rag’batlantirish. Prefekturalarda harakat qiluvchi 500 dan ortiq savdo-sanoat palatalari va ularning filiallari kichik korxonalarga maslahat, moliya, ta’lim yordamini ko’rsatadilar. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning maxsus fondi, xalq fondi hamda moliyaviy korporasiya davlatning kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning moliyaviy bazasini tashkil qiladilar. Xitoy. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo, investision siyosat sohalarida islohotlarning chuqurlashuvi kichik korxonalarning tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70%, tayyor kiyim-kechaklarning 40%, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 80%i kichik biznesning ulushiga to’g’ri keladi. Xitoy qishloqlari yalpi ijtimoiy mahsulotining 60% qishloq korxonalarining ulushiga to’g’ri keladi. Qishloq korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va arzon ish kuchining mavjudligi ularni xorijiy investisiyalarni jalb qiluvchi ob’ektga aylantirgan. Janubiy Koreya. 1995 yilda kichik va o’rta tadbirkorlik mahsuloti eksportining salmog’i mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd AQSH dollariga etgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan. Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari o’z qarzlarining 30% ni kichik va o’rta tadbirkorlikka berishga majburlar. Mamlakatdagi kichik biznes federasiyasi, Kichik va o’rta tadbirkorlik banki, texnologiyalarni sug’urta qilish federasiyasi, savdo va sanoat vazirligi kichik va o’rta tadbirkorlikning rivojlanishiga yordam beradi. Sanoatni rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida kichik va o’rta tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash siyosati sohasida yirik qonunchilik bazasi tashkil qilingan: Kichik va o’rta tadbirkorlikni rag’batlantirish haqidagi dekret (1966 y.), Kichik va o’rta tadbirkorlikning subkontraktli ishlarini rag’batlantirish haqidati qonun (1978 y.), faqat Kichik va o’rta tadbirkorlik ishlab chiqaradigan tovarlar ro’yxati (1982 y.), Kichik va o’rta tadbirkorlikni o’zaro yordam fondi haqidagi qoidalar (1984 y.), Kichik va o’rta tadbirkorlikni boshqaruv barqarorligi va boshqalar. YOrdam birinchi navbatda, yuqori eksport salohiyatiga ega bo’lgan korxonalarga ko’rsatiladi. Download 330.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling