Biznesda buxgalteriya hisobi


Download 39.85 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi39.85 Kb.
#1517570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Umarova Nasiba

Uchinchi bosqich – biznes rejaning kimga yo‘naltirilganligini aniq belgilash.

Ushbu harakat orqali biznes rejaning mazmunini belgilash mumkin bo‘ladi.


8
Masalan, aksiya chiqarish va sotish hisobiga moliyalashtirishga yo‘naltirilgan firma dividendlar miqdori, ularni to‘lash tartibi borasida ma‘lumot berishi lozim.




To’rtinchi bosqich – tuzilayotgan hujjatning umumiy tuzilmasini belgilash. Beshinchi bosqich – biznes rejaning har bir bo‘limini tayyorlash uchun axborot yig‘ish. Ushbu bosqichda zaruriy va yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan insonlar, xususan, kom‘aniya xodimlari, tashqi konsultantlar, moliyachilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar yordamiga murojaat etish lozim. Axborot yig‘ishni boshlashdan oldin biznes reja bo‘limlari bo‘yicha savolnoma tuzish maqsadga muvofik bo‘ladi.


Oltinchi bosqich – biznes rejani yozish (tayyorlash). Bunda eng asosiy qoida shundaki, tadbirkor biznes rejani mustaqil yozishi zarur. Tashqi maslahatchilar ishtiroki bundan avvalgi bosqichda to‘xtatiladi.

Yakuniy bosqichda ular tadbirkorga faqat ko‘makchi sifatida ishtirok etadi. Ettinchi bosqichda tadbirkor biznes rejani manfaatdor shaxslarga tanishish uchun berishi mumkin. Lekin mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona to‘g‘ri yo‘l yo‘qligiga alohida e‘tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi,tuzilmasi, ko‘rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi(quvvati), yo‘nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o‘z ishini endiboshlayotgan tadbirkorlik yoki mavjud korxona haqida borayotganligiga bog‘liqbo‘ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‘z ishini boshlash va buning uchun zarur bo‘lganboshlang‘ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga 95 shakllantirish bilanbog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va unitayyorlash bosqichlari bitta (umumiy) ko‘rinishga ega bo‘lishi, yangiliklar kiritishyoki bankrot yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo‘lsa boshqa ko‘rinishga egabo‘ladi. Shunday bo‘lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o‘ziga xosligitavsiflanuvchi, shuningdek, istiqbolda olinishi


9
lozim bo‘lgan foyda (daromad) vabiznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‘limlar mavjud bo‘ladi. Zamonaviy sharoitlarda xo‘jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususanbiznesni rejalashtirish ikki bosqichida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‘tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o‘z imkoniyatlarini baholash hisobigadastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblardabelgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to‘liq foydalanishgaasoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim. Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozortalabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari iste‘molchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflovchi va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham mavjud. SHuning uchun ―ehtiyoj – resurslar‖bog‘liqligi biznes-rejaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste‘molchilik talabiga ega bo‘lmagan mahsulot chiqarish uchunxarajatlar sarflashining oldiini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo‘lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o‘z navbatidakorxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlabchiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga 96 asoslansato‘g‘ri bo‘lur edi.Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lishini – hamkorlar, investorlar, aktsiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar. Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja


kabi tartibda va xuddi shubo‘lim va nomlardan iboart bo‘lib, tavsiya 10


qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:



  1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.




  1. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hattiharakatlar dasturini aniqlash.




  1. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar variantlarini detalli ko‘rib

chiqish.




  1. Ichki va tashqi risklarni baholash.




  1. Bozor muhitidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati

nazoratini amalga oshirish.


Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo‘lsa, uning boshqaruv hujjati va xo‘jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo‘ladi.





Download 39.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling