Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda, korxonaning moliya-xo‘jalik 
faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish 
resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish 
maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elementlarining tuzilishi 
tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob 
va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari
hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi:
 «Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida Nizomni» ishlab chiqish
 Hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasini tuzish
 «Buxgalteriya apparati xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi»ni ishlab chiqish
 Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va tartibini ishlab chiqish
 Hujjatlar aylanish grafigini tuzish 
 Hujjatlarni ahamiyatliligi va saqlash muddati bo‘yicha ekspertiza qilish
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, 
buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi:
− korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni 
shakllantirish;


− korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi 
foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
− moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki 
imkoniyatlarni aniqlash va safarbar etish;
− korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
− korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;
− moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida 
taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida 
belgilangan talablarga rioya qilish zarur.
Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy 
hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib 
chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida buxgalteriya 
hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan: 

Uzluksizlik;

Ishonchlilik;

Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling