2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
3-modda.
Buxgalteriya
hisobining
asosiy
prinsiplari.
Uzluksizlik,
ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy
prinsiplaridir.
4-modda. Buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik
operasiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan
buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan
tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan
iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operasiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita
schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikki
yoqlama yozuv usulida yuritiladi.
5-modda. Buxgalteriya axboroti. Buxgalteriya axboroti boshlang‘ich hisob
hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda,
tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq
boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi qayta
ishlangan ma’lumotlardir.
6-modda. Buxgalteriya hisobi sub’yektlari. Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning
O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba
korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya
hisobi sub’yektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi
hamda hisobot taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |