Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi
-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari.
11-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish. Buxgalteriya
hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash; buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari: hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; ichki nazorat tartibini; buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini; hisob hujjatlarining but saqlanishini; moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini; hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; ushbu Qonun 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart. 12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari. Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbaridir. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operasiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir. Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operasiyalar amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: oliy ma’lumotga ega bo‘lish; oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart. Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zimmasiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling