Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


-modda. Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
23-modda. Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot. Asosiy xo‘jalik jamiyati 
bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega 
buxgalteriya hisobi sub’yekti konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. 
Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy 
xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar 
buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. 
Ushbu modda talablari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va byudjet 
tashkilotlarining jamlanma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
24-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri. 1 yanvar — 31 dekabr 
kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 
1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot 
sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy 
moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir. 
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga 
kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik 
shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan 
boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb 
hisoblanadi. 
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktyabrdan keyin 
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. 
Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga 
oshirilgan xo‘jalik operasiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining 
moliyaviy hisobotiga kiritiladi. 
25-modda. 
Moliyaviy 
hisobotni 
taqdim 
etish. 
Moliyaviy 
hisobot 
quyidagilarga taqdim etiladi: 
davlat soliq xizmati organlariga; 
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
davlat statistika organlariga; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. 
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va 
mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya 
hisobining ayrim sub’yektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa 
muddatlari belgilanishi mumkin. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling