Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


Buxgalteriya hisobining predmeti va metodining elementlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2.3.Buxgalteriya hisobining predmeti va metodining elementlari 
Ma’lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z predmeti, ya’ni 
o‘rganiladigan ob’yektlariga va metodi, ya’ni shu predmetni o‘rganish usullarining 
ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi 
ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va metodiga ega. 
2016 yil 13-aprelda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
Qonunning 7-moddasiga muvofiq “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, 
daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik 
operasiyalari buxgalteriya hisobining ob’yektlaridir. Buxgalteriya hisobi ob’yektlari 
sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi”. 
Buxgalteriya hisobining ob’yektlari xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik 
mablag‘larining tashkil topish manbalariga bo‘linadi. 
Xo‘jalik mablag‘lari mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga 
bo‘linadi:


I. Uzoq muddatli aktivlar – bularga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq 
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va h.k. kiradi. 
II. Joriy aktivlar – bularga materiallar, tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari, 
debetorlik qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, tugallanmagan ishlab 
chiqarish va h.k. kiradi. 
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra bo‘linadi: 
I. O‘z mablag‘lari manbalari. 
II. Majburiyatlar.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli 
tushumlarhamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat. 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq “Xususiy 
kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va 
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi”.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda 
ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar 
(ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan 
hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. 
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki 
sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida 
ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga 
keladigan kurs farqini aks ettiradi. 
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan 
inflyasiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning 
qiymatini aks ettiradi. 
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va 
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi mumkin. 
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 
va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va boshqa 
tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari,maqsadli 
foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to‘lovlarni 
xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan 
zaxiralar kiradi. 
Xo‘jalik majburiyatlari - bu korxonalarining moliya organlari, bank muasasalari 
va boshqa xo‘jaliklardan hamda shaxslardan bo‘lgan qarzidir. Bular ham muddatiga 
qarab bo‘linadi: 
a) Uzoq muddatli majburiyatlar. To‘lov muddati bir yildan ortiq bo‘lgan 
majburiyatlar. Bularga uzoq muddatli bank kreditlari, ijara majburiyatlari, uzoq 
muddatli qarzlar kiradi. 
b) Qisqa muddatli majburiyatlar. To‘lov muddati bir yilgacha bo‘lgan 
majburiyatlar. Bular qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar, mehnat haqi bo‘yicha 
qarzlar, soliqdan qarzlar, ta’minotchilardan qarzlar va h.k. kiradi.


Buxgalteriya hisobining ob’yektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik 
mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham 
kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarishva realizatsiya jarayonlaridan 
iborat. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling