Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda. Moliyaviy hisobot.
21-modda. Ichki nazorat. Ichki nazorat buxgalteriya hisobini yuritishda,
moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir. Buxgalteriya hisobi sub’yekti ichki nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi. 22-modda. Moliyaviy hisobot. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’yektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; pul oqimlari haqidagi hisobot; xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi sub’yekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling