Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
7-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy 
kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan 
bog‘liq xo‘jalik operasiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. 
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi. 
8-modda. Sintetik va analitik hisob. Sintetik hisob qonun hujjatlarida 
belgilanadigan tartibda buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi ma’lumotlarni 
muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Analitik hisob buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi batafsil buxgalteriya 
axborotini shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining sub’yekti tomonidan 
mustaqil ravishda belgilanadigan tartibda yuritiladi. 


9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish. Buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab 
chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga 
yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu 
jumladan kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya 
hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari hamda 
boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini 
tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. Buxgalteriya hisobi standartlari. Buxgalteriya hisobi standartlari 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni 
belgilaydi. 
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini tashkil etish, 
yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi sub’yektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashi mumkin. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling