Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari:
Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar aylanishi grafigi Buxgalteriya xodimlarining mehnatinitashkil etish rejasi Inventarizatsiya rejasi Bajariladigan hisob ishlarining individual grafigi Hisobni texnik rasmiylashtirish rejasi Bajariladigan hisob ishlarining tuzulmaviy va yig‘ma grafigi Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta’minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHM dan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriyahisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga muvofiq. Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyanshart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi. Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi. Hisob ishlari grafiklarining asosiymaqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin. Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday ishlar vaular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (xafta, oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi. Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiybo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish (inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas'ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish ko‘zda tutiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling