Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi
Buxgalteriya apparati va uning tashkiliy tuzilmasi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh buxgalterga quyidagi vazifalar belgilanadi
Buxgalteriya apparati va uning tashkiliy tuzilmasi
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh buxgalter boshqaradi. Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. O‘z navbatida bosh buxgalter ma’muriy tomondan korxona rahbariga, hisob ishlarini yuritish bo‘yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysinadi. Bosh buxgalterga quyidagi vazifalar belgilanadi: hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil etish; korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish; korxona tovar moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta’minlash; korxona tovar moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o‘rnatish; xo‘jalik jarayonlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hujjatlashtirishni ta’minlash, hujjat aylanishini to‘g‘ri tashkil etish; hisob ma’lumotlari to‘g‘riligini, mulkchilik saqlanishini ta’minlash maqsadida investisiyani belgilangan muddatda, o‘rnatilgan tartib va o‘tkazilishini va natijalar o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash; smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish. Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodiimlari uning ko‘rsatmalarini bajarishidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hamma bo‘limlarida qayta ishlangan hujjatlar o‘rnatilgan muddatda bosh buxgalterga topshirilishi shart. Hujjat yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini rahbar bilan birga bosh buxgalter ham imzosi bilan tasdiqlaydi. Ma’muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo‘jalik jarayonlarini ro‘yxatga oluvchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma’lum bir miqyosida menejment hamda marketing sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish ham kiradi. Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy intizomga zid hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish ta’qiqlanadi. Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh buxgalter, korxona rahbariga yozma ravishda xabar bermog‘i kerak. Korxona rahbaridan yozma ravishdagi buyruqni yoki yuqoridagi kabi xujatlarda korxona rahbarini ikkinchi imzosi qo‘yilganidan so‘ng, bosh buxgalter uni bajarishga kirishadi. Bunday holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to‘liq javobgar hisoblanadi. Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalar) tayinlash, almashtirish va bo‘shatish bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi. Bosh buxgalter bo‘shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh buxgalter belgilanmagan bo‘lsa, korxona rahbari buyrugi bilan tayinlangan xodimga) barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda buxgalteriya hisobi holati tekshiriladi, shuningdek hisobot ma’lumotlari xaqikiyligi aks ettirilgan va korxona rahbari tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob berishini ta’minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni sog‘ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi. Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo‘ladi: xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga; buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga (hisob xodimining bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat metrdan to‘qqiz kvadrat metrgacha); xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi ta’yinlanganiga. Masalan, bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo‘ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo‘limi boshqa xodimlarni mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so‘zlashuvlar, mijozlar bilan muloqotlar) salbiy ta’sir etishi mumkin. Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta ishlash ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o‘zaro aloqadorligini hisobga olmoq kerak. Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (kompyuter, printer, faks, telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e’tiborga olmoq kerak. Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko‘ra joylashgan holda qo‘yilishi lozim. Stolning o‘ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi, buxgalteriya bo‘limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi omillaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi obyektlar menejment, marketing bo‘limi xodimlari uchun kerakli ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga bevosita bog‘liqdir. Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan. Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita bosh buxgalterga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi. Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining funksional belgisi bo‘yicha tashkil etilganida bo‘limlar(guruhlar) tuziladi. Masalan, mehnat haqi hisoblash bo‘limi; moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi kabilar bo‘lib, ularga katta buxgalter boshchilik qiladi. Bu holda bosh buxgalterning farmoyishlari tegishli bo‘lim (guruh)larning katta buxgalterlariga etkazilib, ular aniq bajaruvchini tayinlaydi va nazorat qiladi. Buxgalteriyaning bunday tuzilmasi ko‘plab o‘rta va ayrim yirik korxonalarda qo‘llaniladi. Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etilganida har bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik va ishlab chiqarishlar va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu holda, bunday buxgalteriyaga katta buxgalterlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida hisobni tashkil etish bilan mustaqil shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli juda katta korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi. Buxgalteriya apparatining ishi korxonaning barcha bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq. Buxgalteriya xodimlari ulardan hisobni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan u yoki bu ma’lumotlarni oladilar. Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona boshqaruviga, menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga muntazam ravishda taqdim etadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling