Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda, korxonaning moliya-xo‘jalik
faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi: «Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida Nizomni» ishlab chiqish Hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasini tuzish «Buxgalteriya apparati xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi»ni ishlab chiqish Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va tartibini ishlab chiqish Hujjatlar aylanish grafigini tuzish Hujjatlarni ahamiyatliligi va saqlash muddati bo‘yicha ekspertiza qilish Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi: − korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; − korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash; − moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarni aniqlash va safarbar etish; − korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish; − korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish; − moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida taqdim etish. Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga rioya qilish zarur. Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan: Uzluksizlik; Ishonchlilik; Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling