Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan 
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘llaniladi. 
3-modda. 
Buxgalteriya 
hisobining 
asosiy 
prinsiplari. 
Uzluksizlik, 
ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy 
prinsiplaridir. 
4-modda. Buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik 
operasiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan 
buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan 
tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan 
iboratdir. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operasiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita 
schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikki 
yoqlama yozuv usulida yuritiladi. 
5-modda. Buxgalteriya axboroti. Buxgalteriya axboroti boshlang‘ich hisob 
hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda, 
tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq 
boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi qayta 
ishlangan ma’lumotlardir. 
6-modda. Buxgalteriya hisobi sub’yektlari. Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning 
O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba 
korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya 
hisobi sub’yektlaridir. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik 
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va 
boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi 
hamda hisobot taqdim etadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling