Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
11-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish. Buxgalteriya 
hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari amalga 
oshiradi.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: 
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi 
xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan 
foydalanish; 
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik 
tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini 
yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma 
asosida yuklash; 
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. 
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari: 
hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 
ichki nazorat tartibini; 
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini; 
hisob hujjatlarining but saqlanishini; 
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; 
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini; 
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; 
ushbu Qonun 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart. 
12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari. Bosh buxgalter yoki 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa 
mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbaridir. 


Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi 
sub’yektining rahbariga bo‘ysunadi. 
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operasiyalarini hujjatlar asosida 
rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha 
talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir. 
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbari 
o‘rtasida ayrim xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishga doir 
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operasiyalar 
amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya 
hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
oliy ma’lumotga ega bo‘lish; 
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan 
kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n 
kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy 
hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish. 
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka 
oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik 
tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari 
buxgalteriya 
hisobini 
yuritishni 
shartnoma 
asosida 
zimmasiga 
yuklagan 
ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati 
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi 
xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati 
rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilanadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling