Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1278190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
18-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish. Daromadlar va 
xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davrga 
taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks 
ettiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining ijrosi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar byudjet to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. 
19-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish. Xususiy kapital ustav fondidan 
(ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib 
topadi.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda 
ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar 


(ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan 
hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. 
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki 
sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida 
ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga 
keladigan kurs farqini aks ettiradi. 
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan 
inflyasiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning 
qiymatini aks ettiradi. 
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va 
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi mumkin.
20-modda. Garovni hisobga olish. O‘zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini 
ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul 
mablag‘lari buxgalteriya hisobi sub’yekti tomonidan boshqa aktivlardan alohida 
hisobga olinadi.
Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul 
mablag‘lari va valyuta boyliklari alohida balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling